Международный научный журнал
№
6
(100),
часть
1
«
Новостиобразования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
1349
KAR-SOQOV VA ZAIF ESHITUVCHI O'QUVCHILARNI KASB-HUNARGA QIZIQTIRISH VA
O'RGATISHDA LOYIHALASH USULIDAN FOYDALANISH
Kamalova Tursunoy Muratovna
Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar
maktabi ishlab chiqarish ta'limi ustasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada kar-soqov va zaif eshituvchi o'quvchilarni kasb-
hunarga qiziqtirish va o'rgatishda loyihalash usulidan foydalanish haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: kar-soqov va zaif eshituvchi o’quvchilar, kasbiy tayyorlash, tikuvchilik
kasbi, diagnostika, psixologik, pedagogik, loyiha usuli, ma'lumotlar, ta'lim, yashash, ijtimoiy
muhit.
Аннотация:
В
статье
рассматривается
использование
дизайна
в
профессиональном образовании и обучении глухонемых и слабослышащих учащихся.
Ключевые слова
: глухонемые и слабослышащие ученики, профессиональная
подготовка, швейная профессия, диагностический, психолого-педагогический,
проектный метод, информация, обучение, проживание, социальная среда.
Abstract:
The article deals with the use of design in vocational education and training
of deaf and dumb and hard of hearing students.
Key words
: deaf-mute and hard-of-hearing students, vocational training, sewing
profession, diagnostic, psychological-pedagogical, project method, information, education,
accommodation, social environment.
Nogironligi bo’lgan bolalarni o'qitadigan har qanday o'qituvchi biladiki,
maktab
o'quvchilarining ijodiy jarayonini tashqi intensiv yordamisiz,
doimiy pedagogik
rag'batlantirmasdan, sun'iy nutq muhiti (maxsus o'quv sharoitlari) zahiralarini orttirmasdan
turib bolada o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini targ'ib qilishni shakllantirish mumkin emas.
Bu orqali biz nogironlikdan kelib chiqqan rivojlanish kechikishini yengishga qodir bo’lamiz.
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar nutqni o'zlashtirish va boshqalar bilan muloqot
qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi, bu ijodiy rivojlanishning shakllanishiga ta'sir qiladi:
1. Og'zaki nutqning zaif rivojlanishi
materialni tushunish, yangi tushunchalarni
o'zlashtirish va yangi vazifalarni tushunishni qiyinlashtiradi.
2. Mantiqiy fikrlash darajasining yyetarli emasligi kar o'quvchilarning
bilimlarni
ko'pincha rasmiy ravishda egallashiga, qoidalarni mexanik ravishda yodlashiga olib keladi,
ularni amalda qo'llashni qiyinlashtiradi.
3. Yangi tushunchalarni o'zlashtirish jarayonida kar bolalar deyarli aniq g'oyalardan
halg'imaydilar va umumlashtirishga o'tadilar.