E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

resipiyent
(qon oluvchi odam)ning qon plazmasida agglutinatsiyalanganda qon 
qo'yishning 
og'ir 
oqibatlari 
ko'rinadi. 
Qo'yilgan 
qon 
eritrotsitlarida 
agglutinatsiyalanuvchi modda-agglutinogen, resipiyent plazmasida esa shunga mos 
keladigan agglutinatsiyalovchi modda-agglutinin bo'lganda shunday hodisa ro'y 
beradi. Eritrotsitlarning agglutinatsiyalanishi va so'ngra gemolizlanishi oqibatida 
organizmni o'limga olib keluvchi og'ir holat - 
gemotransfuzion
shok paydo bo'ladi. 
Agglutinatsiyasini plus (+) belgisi, uning ro'y bermasligini esa minus (-) belgisi 
bilan ko'rsatib, turli guruhlarga mansub odamlarning plazmasi va eritrotsitlarining 
aralashish natijalarini quyidagicha ifodalash mumkin: 


26 
Donorlik bar bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan bar bir sog'lom 
kishi donor bo'la oladi. 
Hozirgi vaqtda minglab donorlar ko'plab bemorlarni davolashga, ulafning 
hayotini saqlab qolishdek olijanob ishga hissalarini qo'shmoqdalar. 
Aksari odamlarning eritrotsitlarida (85%) yana bir omil bor, uni birinchi marta 
Landshteyner va Viner 1940 yilda makkak (Maccacus rhesus) degan maymun 
qonidan topgan va shuning uchun ham uni rezus-omil (ph-omil) deb atalgan. Shu 
omil bo'lgan odam qoni (rezus musbat qon) mazkur omil bo'lmagan (rezus manfiy 
omil) odamga quyilsa, rezus manfiy odarr: qonida maxsus va o'ziga xos agglutininlar 
va gemolizinlar hosil bo'ladi. 
Sunday odamga rezus-musbat qon qaytadan quyilsa agglutinatsiya va og'ir oqibatlar 
(gemotransfuzion shok) paydo bo'lishi mumkin. 
Rezus-manfiy onada rezus-musbat homila rivojlanishi alohida ahamiyatga ega. 
Bu holda homilaning rezus-omili plasenta orqali ona qoniga o'tadi. Natijada, ona 
qonida maxsus antirezus moddalar hosil bo'ladi, bu moddalar plasenta orqali 
qaytadan homila qoniga o'tadi-da, uning eritrotsitlarini agglutinatsiyalab va 
gemolizlab, og% oqibatlarga sabab bo'ladi. Ba'zan homilaning o'lik tug'ilishi shu 
bilan tushuntiriladi. 
Oxirgi yillarda yangi agglutinogenlar kashf etilgani rnunosabati bilan. qon 
guruhlari haqidagi ta'limot ancha murakkablashdi. Masalan, A guruhi bir qancha 
guruhlardan iborat ekan (A,, A2, A3, A4 va hokazo). A2 agglutinogeni A, dan farq 
qilib, agglutinin a bo'lgan sust faol zardoblar bilan agglutinatsiyalanmaydi. Shuning 
uchun bunday kishilarni qoni I guruhga yanglish kiritilishi natijasida qon quyish og'ir 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Rh-omilning uch variant! bor: Rh°, Rh1, Rhn, Rh-omil boMmagan 
eritrotsitlarda HCh (rezus-omilga teskari) omillar topilgan, ularning ham uch variant! 
bor; HCh°, HCh1, HChn. Bundan tashqari, M, N, S, P, D, С, К, Ln, Le, Fy, Yk va 
boshqa agglutinogenlar topilgan. Bu omillarnmg kombinatsiyalari ko'p birikmalar 
beradi va shunday qilib, hozir bir necha yuz ming qon guruhi ajratiladi. Biroq, qon 
quyish uchun qonning faqat asosiy to'rt guruhini, Rh va HCh omillarni aniqlash 
kattaroq ahamiyatga ega.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin