211
mablag‘lari summasi 647357 ming so‘mni tashkil qiladi. Jami pul mablag‘lari
kirimining 99,3 % operasion faoliyatga va qolgan 0,7 % investisiya faoliyat
hisobiga to‘g‘ri kelgan. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining kirimi
kuzatilmagan. Fermer xo‘jaligida pul mablag‘larining 97 % operasion faoliyat
uchun sarflangan bo‘lsa, qolgan 3 % to‘langan soliqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bularning natijasida fermer xo‘jaligining pul mablag‘lari qoldig‘i yil
boshidagi 24729 ming so‘mdan, yil oxiriga kelib 54377 ming so‘mga ko‘paygan.
Bunday ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligi uchun ijobiy baholash mumkin.
Shuningdek, fermer xo‘jaligida kelib tushgan pul mablag‘larining (677005 ming
so‘m) va sarflangan pul mablag‘larining (647357 ming so‘m) nisbati koeffitsiyenti
1,04 (677005 / 647357) koeffitsiyentni tashkil qiladi. Bunday natija fermer
xo‘jaligi uchun ijobiy holat hisoblanadi. Chunki, hisobot davrida fermer xo‘jaligida
1000 so‘m sarflangan pul mablag‘i hisobiga 1040 so‘m pul mablag‘i kirimi to‘g‘ri
kelmoqda.
Shundan so‘ng, pul oqimining tahlilida har faoliyat turi bo‘yicha pul
mablag‘larining kirimi va sarflanishi tahlil qilib o‘rganiladi. Ularning tahliliga
keyingi paragraflarda to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: