R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Operasion faoliyat bo‘yicha pul oqimining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

9.2. Operasion faoliyat bo‘yicha pul oqimining tahlili 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul oqimini tahlil qilib o‘rganishda asosiy 
axborot manbai bo‘lib, “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” hisoblanadi. Ushbu 
hisobot shakli 9 – sonli “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli BHMS hamda 
“Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalari”da belgilangan talab 
va qoidalar bo‘yicha tayyorlanadi. Mazkur me’yoriy – huquqiy hujjatlarga ko‘ra 
pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda hisobot yili bo‘yicha pul mablag‘larining harakati 
operasion, investisiya va moliyaviy faoliyat bo‘yicha guruhlangan holda aks 
ettirilishi lozim. Xususan, operasion faoliyat 9 – sonli BHMSda quyidagicha 
ta’riflanadi: “Operasiya faoliyati - xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad 
keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek subyektning investisiya va moliya 


212 
faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati”. 
Demak, operasion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining harakati xo‘jalik 
yurituvchi subyektning asosiy faoliyati bilan bog‘liq muomalalarda yuzaga kelib, 
ular quyidagicha bo‘ladi (9.2-jadval). 
9.2-jadval 
Operasion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati 
Pul tushumlari 
Pul to‘lovlari 
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar uchun 
xaridorlardan olingan pul tushumlari 
Mol yetkazib beruvchilarga to‘lovlar 
Operasion faoliyatning boshqa pul 
tushumlari 
Xaridorlarga va ular nomidan to‘langan pul 
mablag‘lari 
Operasion faoliyat bilan bog‘liq boshqa to‘lovlar 
Operasion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari oqimini “Sharq” fermer 
xo‘jaligi misolida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lindi (9.3-jadval). 
9.3-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida operasion faoliyat bo‘yicha pul oqimining tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
Satr 
Kirim 
Chiqim 
Summa, 
ming so‘m 
Salmog‘i,

Summa, 
ming so‘m 
Salmog‘i,

1. Mahsulot (ish, xizmat)larni 
sotishdan 
kelib 
tushgan 
pul 
mablag‘lari 
010 
672375 
100 


2. Material, tovar, ish va xizmatlar 
uchun mol yetkazib beruvchilarga 
to‘langan pul mablag‘lari 
020 


581753 
93 
3. Xodimlarga va ular nomidan 
to‘langan pul mablag‘lari 
030 


16423 

4.Operasion 
faoliyat 
bo‘yicha 
boshqa pul tushumlari va to‘lovlari 
040 


29681 

JAMI: 

672375 
100 
627857 
100 
Operasion faoliyat bo‘yicha sof pul 
kirimi yoki chiqimi 
050 
44518 



 
9.3-jadval ma’lumotlariga ko‘ra “Sharq” fermer xo‘jaligida operasion 
faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimi hisobot davrida 44518 ming 
so‘mni tashkil qilgan. Fermer xo‘jaligida operasion faoliyat bo‘yicha jami pul 
mablag‘larining kirimi 672375 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, u to‘liq 
mahsulotlarni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Sarflangan pul mablag‘lari esa 627857 ming so‘mni tashkil qilib, uning 581753 


213 
ming so‘mi yoki 93 foizi mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lariga, 
16423 ming so‘mi yoki 2 foizi xodimlarga to‘langan pul mablag‘lari hisobiga, 
qolgan 29681 ming so‘mi yoki 5 foizi operasion faoliyat bo‘yicha boshqa pulli 
to‘lovlar uchun sarf qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, fermer xo‘jaligida operasion faoliyat 
bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimi 44518 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 
bu ko‘rsatkich umumiy tushumning 7 % ni tashkil etadi. Albatta, fermer xo‘jaligi 
uchun bunday natijani ijobiy holat sifatida baholash mumkin. Shunday bo‘lsada, 
fermer xo‘jaligi rahbariyati operasion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari sof kirimi 
hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rishi lozim deb hisoblaymiz. Chunki, mazkur 
faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari sof kirimining ko‘payishi kelgusida fermer 
xo‘jaligi moliyaviy holatining barqarorligiga va to‘lov qobiliyatining 
yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin