R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Xususiy kapital hajmining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

8. Xususiy kapital hajmining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
A) Ustav kapitalining o‘zgarishi, qo‘shilgan kapitalning o‘zgarishi, rezerv 
kapitalining o‘zgarishi va taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi 
B) Qo‘shilgan kapitalning o‘zgarishi, rezerv kapitalining o‘zgarishi va 
taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi 
C) Ustav kapitalining o‘zgarishi, qo‘shilgan kapitalning o‘zgarishi, rezerv 
kapitalining o‘zgarishi va taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi va maqsadli 
tushumlar summasining o‘zgarishi 


233 
D) Ustav kapitalining o‘zgarishi, qo‘shilgan kapitalning o‘zgarishi, rezerv 
kapitalining o‘zgarishi va maqsadli tushumlar summasining o‘zgarishi 
9. Xususiy kapital rentabelligining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir 
ko‘rsatadi? 
A) Ustav kapitalining o‘zgarishi, qo‘shilgan kapitalning o‘zgarishi, rezerv 
kapitalining o‘zgarishi va taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi 
B) Sof foyda summasining o‘zgarishi va xususiy kapital o‘rtacha yillik 
qiymatining o‘zgarishi 
C) Ustav kapitalining o‘zgarishi, qo‘shilgan kapitalning o‘zgarishi, rezerv 
kapitalining o‘zgarishi va sof foyda summasining o‘zgarishi hamda xususiy 
kapital o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi 
D) Yalpi foyda summasining o‘zgarishi va xususiy kapital o‘rtacha yillik 
qiymatining o‘zgarishi 


234 
XI BOB. MOLIYAVIY NATIJALAR TAHLILI 
11.1. Moliyaviy natijalar tahlilining ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot 
manbalari 
Moliyaviy natijalar – bu xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum hisobot 
davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘larning pirovard 
oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida faoliyat natijasi hisobot davridagi 
foyda (yoki zarar)larni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Bugungi kunda moliyaviy natija ko‘rsatkichlari, ularni hisoblash tartibi, 
daromadlar va xarajatlarning tasniflanishi quyidagi asosiy normativ-huquqiy 
hujjatlar bilan tartibga solinadi: “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, 
“Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar” nomli 2-sonli buxgalteriya 
hisobi milliy standarti (BHMS), “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” nomli 
3-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS), “Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni 
qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma” nomli 21-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti 
(BHMC) va “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” 
hamda boshqalar. 
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra daromadlar va xarajatlar 
moliyaviy natijalarni xarakterlovchi foyda (yoki zarar)ni o‘lchashga daxldor 
bo‘lgan elementlar hisoblanadi. 
Daromadlar hisobot davrida aktivlarning kirimi yoki ko‘payishi yoxud 
majburiyatlarning kamayishi shaklida iqtisodiy nafning o‘sishidir. Xarajatlar esa 
hisobot davridagi aktivlarning chiqimi yoki kamayishi yohud majburiyatlarning 
ortishi shaklida iqtisodiy nafning kamayishidir. 
Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy natijalar tahlili axborotdan 
foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati samaradorligini, 
aktivlarning boshqarilish darajasini hamda ichki imkoniyatlarini baholashga va 
uning kelgusi istiqbolini taxmin qilishga yordam beradi. 


235 
Moliyaviy natijalarni tahlilining asosiy maqsadi moliyaviy natija 
ko‘rsatkichlarini chuqur o‘rgangan holda baho berish hamda omilli tahlil qilish 
orqali ularni yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatib, faoliyat samaradorligini oshirish 
yo‘llarini belgilashdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishishda moliyaviy tahlilning 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
-
moliyaviy 
natijalarni 
ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar va ularning to‘g‘ri 
shakllantirilganligini o‘rganish; 
-
moliyaviy natijalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish; 
-
yalpi foyda (zarar) va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ta’siriga 
baho berish; 
-
asosiy faoliyat foydasi (zarari) va uning o‘zgarishini omilli tahlil qilish; 
-
umumxo‘jalik faoliyati foydasi (zarari) va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni tahlil qilish; 
-
soliq to‘langunga qadar olingan foyda (zarar)ning shakllanishiga va unga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarga baho berish; 
-
sof foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish hamda 
baho berish; 
-
sof foydani ko‘paytirish yo‘nalishlarini belgilab berish. 
Moliyaviy natijalarni tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi:
-
biznes reja ma’lumotlari; 
-
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari; 
-
“Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari; 
-
buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi tegishli schyot 
ma’lumotlari. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin