R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

NAZORAT SAVOLLARI 
1. Xususiy kapital deganda nimani tushunasiz? 
2. Xususiy kapital tahlilining maqsadi va unda tahlilning vazifalari nimalardan 
iborat? 
3. Xususiy kapital tahlilida qanday axborot manbalaridan foydalaniladi? 
4. Xususiy kapital tarkibiga nimalar kiradi? 
5. Xususiy kapital tarkibi va tarkibiy tuzilishining tahlilini tushuntiring? 
6. Xususiy kapital va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili qanday 
bajariladi? 
7. Xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligi deganda nimani tushunasiz? 
8. Xususiy kapital rentabelligi deganda nimani tushunasiz? 
9. Xususiy kapital rentabelligi qanday aniqlanadi va tahlil qilib o‘rganiladi? 
10. Xususiy kapital hajmini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib bering? 
NAZORAT TESTLARI 
1. Xususiy kapital tarkibi berilgan to‘g‘ri javobni ko‘rsating? 
A) Ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali va taqsimlanmagan foyda 
(qoplanmagan zarar) 
B) Ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda 
(qoplanmagan zarar), sotib olingan o‘z aksiyalari va boshqa xususiy kapital 
elementlari 
C) Ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezevr kapitali, sotib olingan o‘z aksiyalari, 
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda 
bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari 
D) Ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezevr kapitali, sotib olingan o‘z aksiyalari, 
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) va maqsadli tushumlar 
2.
Xususiy kapital tahlilida qaysi axborot manbalaridan foydalanamiz? 
A) Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot, 
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot 


231 
B) Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital 
to‘g‘risidagi hisobot va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot 
C) Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital 
to‘g‘risidagi hisobot, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot va boshqa ma’lumotlar 
(ustav, ta’sis shartnomasi, umumiy majlis qarorlari, biznes rejadagi xususiy 
kapital to‘g‘risidagi ma’lumotlar). 
D) Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital 
to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapitalni hisobga olish uchun mo‘ljallangan 
buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar (ustav, ta’sis 
shartnomasi, umumiy majlis qarorlari, biznes rejadagi xususiy kapital 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin