R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Xususiy kapital tarkibi, strukturasi va dinamikasining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

10.2. Xususiy kapital tarkibi, strukturasi va dinamikasining tahlili 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27 dekabrdagi
140-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Buxgalteriya balansi”da xususiy kapital 
“O‘z mablag‘lari manbalari” bo‘limida aks ettirilgan. Yuqorida ta’kidlab 
o‘tkanimizdek, xususiy kapital ustav fondi (ustav kapitali), qo‘shilgan kapital, 
zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydani o‘z ichiga oladi. 
Xususiy kapital tahlili uning tarkibi, strukturasi va dinamik o‘zgarishini 
o‘rganish asosida baho berishdan boshlanadi. Buning uchun xususiy kapital 
tarkibiga kiruvchi har bir kapital bo‘yicha o‘tgan yil va hisobot yiliga bo‘lgan 
summasi hamda har birining jamiga nisbatan hissasi aniqlab olinadi. Shundan 
so‘ng, xususiy kapitalning hisobot yilidagi summasi va salmog‘ini, o‘tgan yildagi 
summasi va salmog‘iga solishtirib o‘zgarishlari aniqlanadi va baho beriladi. 
Yuqorida ta’kidlangan qoidalarga asoslangan holda “Sharq” fermer 
xo‘jaligining xususiy kapitali tarkibi, strukturasi va dinamik o‘zgarishini tahlil 
qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (10.1-jadval). 
10.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligi xususiy 
kapitali tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u o‘tgan yilda ham hisobot yilida 
ham ustav kapitali va taqsimlanmagan foydadan iborat bo‘lgan. Ya’ni, 
o‘rganilayotgan davrlarda fermer xo‘jaligida qo‘shilgan kapital va zaxira kapitali 
bo‘yicha summalar bo‘lmagan. 


226 
10.1-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligining xususiy kapital tarkibi, strukturasi va 
dinamikasi tahlili 
№ 
Xususiy kapital 
tarkibi 
O‘tgan yil 
Hisobot yili 
O‘zgarishi (+;-) 
Summa, 
ming 
so‘m 
Salmog‘i, 

Summa, 
ming 
so‘m 
Salmog‘i, 

Summa, 
ming so‘m 
Salmog‘i, 


Ustav kapitali 
18720 
32,6 
18720 
19 

-13,6 

Qo‘shilgan kapital 







Zaxira kapitali 







Taqsimlanmagan 
foyda 
38746 
67,4 
80070 
81 
+41324 
+13,6 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin