R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


B) Kassadagi pul mablag‘lari, qisqa muddatli investisiyalar hamda boshqa pul  mablag‘lari va ekvivalentlar



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
B) Kassadagi pul mablag‘lari, qisqa muddatli investisiyalar hamda boshqa pul 
mablag‘lari va ekvivalentlar
 
C) Kassadagi pul mablag‘lari, hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari, xorijiy 
valyutadagi pul mablag‘lari hamda boshqa joriy aktivlar
 
D) Kassadagi pul mablag‘lari, hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari, qisqa 
muddatli investisiyalar va boshqa joriy aktivlar 


223 
X BOB. XUSUSIY KAPITAL TAHLILI 
10.1. Xususiy kapital tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon hamjamiyatiga integrasiyalashib 
borishi, xorijiy investisiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilinishi va maxsus iqtisodiy 
zonalar tashkil etilayotgan hozirgi sharoitda xususiy kapital korxonaning 
moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Chunki, 
moliyaviy ahvoliga qarab xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy mustaqilligiga 
baho beriladi. Bu biznesni boshqarishda, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini 
kengaytirishda va sherikchilik asosida xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda dolzarb 
masalalardan biridir. Shu sababli, xususiy kapital holati va undan foydalanish 
samaradorligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Xususiy kapital mazmuni va tarkibiga normativ-huquqiy hujjatlarda 
mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Qonunining 19-
moddasi “Xususiy kapitalni hisobga olish” deb nomlanib, “Xususiy kapital ustav 
fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan 
foydadan tarkib topadi” deyilgan. 
14-sonli “Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot” nomli buxgalteriya hisobi 
milliy standarti (BHMS)ning 6-bandiga muvofiq “Hisobotda xususiy kapital va 
uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi, ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv 
kapitali, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), sotib olingan o‘z aksiyalari, 
va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak” deb 
ta’kidlab o‘tilgan. Bundan ko‘rinadiki, xususiy kapital ustav kapitali, qo‘shilgan 
kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), sotib olingan 
o‘z aksiyalari va boshqa xususiy kapital elementlaridan iborat. 
15-sonli “Buxgalteriya balansi” nomli BHMS ning 18-bandiga ko‘ra 
“Xususiy sarmoya bo‘limida ustav sarmoyasi, qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoya, 
sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli 
tushumlar, hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari oshkor qilinishi kerak” 


224 
deb belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, xususiy kapital ustav sarmoyasi, 
qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoya, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan 
foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar, hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va 
to‘lovlar zaxiralaridan tashkil topadi. 
Yuqoridagi 
normativ-huquqiy 
hujjatlarda 
belgilangan 
qoidalardan 
ko‘rinadiki, xususiy kapital mazmuni va tarkibi bir-biriga yaqin va ayrim 
farqlanishlar ham mavjud. Bu holat xususiy kapitalning huquqiy asoslarida 
bo‘shliq mavjudligidan dalolat beradi. Bizningcha, xususiy kapital tarkibi 
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni
14-moddasida keltirilgan tarkibda yuritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Chunki, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 
qonuni 7-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi” va 14-moddasida 
“Normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga to‘g‘ri kelmagan hollarda yuqoriroq yuridik 
kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi” deb belgilab quyilgan. 
Xususiy kapital tahlilining asosiy maqsadi xususiy kapital hajmini oshirish 
va undan foydalanish samaradorligini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash 
hisoblanadi. Ushbu maqsadga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish orqali erishish 
mumkin: 
-
xususiy kapital tarkibi va uning strukturasi bo‘yicha dinamik o‘zgarishini 
o‘rganish orqali umumiy holatiga baho berish; 
-
xususiy kapital o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va 
ularning ta’sir darajalariga baho berish; 
-
xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligi va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish va baho berish; 
-
xususiy kapital hajmini ko‘paytirish va undan foydalanish samaradorligini 
oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib berish. 
Xususiy kapital tahlilini amalga oshirishda quyidagi axborot manbalaridan 
foydalaniladi: 


225 
-
buxgalteriya balansi; 
-
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; 
-
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; 
-
xususiy kapitalni hisobga olish uchun mo‘ljallangan buxgalteriya hisobi 
schyotlari ma’lumotlari; 
-
boshqa ma’lumotlar (ustav, ta’sis shartnomasi, umumiy majlis qarorlari, 
biznes rejadagi xususiy kapital to‘g‘risidagi ma’lumotlar). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin