R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

10.3. Xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining tahlili 
Xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligini ifodalovchi asosiy 
ko‘rsatkich bo‘lib, xususiy kapital rentabelligi hisoblanadi. 
Xususiy kapital rentabelligini topish uchun sof foyda summasini 100 foizga 
ko‘paytirib, natijasini xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish lozim. 
Uni quyidagi matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
R
xk
= (SF×100) / XK, (10.1) 
Bunda: R
xk
– xususiy kapital rentabelligi; SF – sof foyda summasi; XK – xususiy 
kapitalning o‘rtacha yillik qiymati. 
Xususiy kapital rentabelligi bir yoki yuz so‘mlik xususiy kapital hajmi 
hisobiga olingan sof foyda summasini ifodalaydi. Agarda ushbu ko‘rsatkich o‘tgan 
yildagi ko‘rsatkichga nisbatan yuqori bo‘lsa, u xususiy kapitaldan foydalanish 
samaradorligining oshganligini bildiradi. 
Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini 
o‘tgan yildagi darajasiga solishtirib, umumiy o‘zgarishini aniqlashdan boshlanadi. 


228 
Shundan so‘ng, uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanib, ularning 
ta’sir darajalari hisob-kitob qilinadi. 
Yuqoridagi xususiy kapital rentabelligini aniqlash formulasidan ko‘rinadiki, 
uning o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
-
sof foyda summasining o‘zgarishi; 
-
xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi. 
Mazkur omillar ta’sirini “Qayta hisoblash” usulini qo‘llash orqali aniqlash 
mumkin. Buning uchun birinchi navbatda qayta hisoblangan ko‘rsatkichni aniqlab 
olish zarur. Bu ko‘rsatkich hisobot yilidagi sof foyda summasini 100 foizga 
ko‘paytirib, natijani o‘tgan yildagi xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatiga 
bo‘lish orqali aniqlanadi. Ya’ni: 
R
qh
= (SF
1
×100) / XK

Shundan keyin xususiy kapital rentabelligining omilli tahlili amalga 
oshiriladi. 
Omilli tahlilda xususiy kapital rentabelligiga yuqoridagi ikki omilning 
ta’sirini topish uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish lozim: 
-
xususiy kapital rentabelligining sof foyda summasining o‘zgarishi hisobiga 
o‘zgarganligini (∆R
sf
) aniqlash uchun xususiy kapital rentabelligining qayta 
hisoblangan darajasidan (R
qh
) uning o‘tgan yildagi darajasini (R
0
) ayirish lozim: 
±∆R
sf
= R
qh
- R
0
= ((SF
1
×100) / XK
0
) – ((SF
0
×100) / XK
0

-
xususiy kapital o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi (∆R
xk
) ta’sirini 
aniqlash uchun xususiy kapital rentabelligi darajasining hisobot yilidagi 
summasidan (R
1
) uning qayta hisoblangan darajasini (R
qh
) ayirish lozim: 
±∆R
xk
= R
1
- R
qh
= ((SF
1
×100) / XK
1
) – ((SF
1
×100) / XK
0

Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijaning umumiy 
farqiga teng bo‘lishi kerak: 
±∆R = (±∆R
sf
) + (±∆R
xk

Xususiy kapital rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni “Sharq” fermer xo‘jaligi ma’lumotlari asosida “Qayta hisoblash” usuli 


229 
yordamida omilli tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi 
(10.2-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin