R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

JAMI: 
57466 
100 
98790 
100 
+41324 

Endi, “Sharq” fermer xo‘jaligi xususiy kapitali dinamik o‘zgarishini 
o‘rganadigan bo‘lsak, uning hajmi hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 41324 ming 
so‘mga yoki 72 % ga oshgan. Ushbu o‘zgarish xususiy kapital tarkibidagi 
taqsimlanmagan foydaning 41324 ming so‘mga ko‘payishi natijasida sodir 
bo‘lgan. Shu bilan birga, uning strukturasi o‘rganilganda o‘tgan yilga nisbatan 
hisobot yilida ustav kapitali 13,6 foizga kamaygan bo‘lsa, taqsimlanmagan foydasi 
13,6 foizga oshganini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa, xususiy kapital hajmining 
oshishi asosan taqsimlanmagan foyda hisobiga sodir bo‘lganligi, ya’ni, fermer 
xo‘jaligini hisobot yilidagi sof foydasining 41324 ming so‘mga oshishi ta’sir 
ko‘rsatgan. Bunday ko‘rsatkich fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat hisoblanadi. 
Ustav kapitali bo‘yicha yil davomidagi o‘zgarish kuzatilmagan.
 
Xususiy kapitalning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil qilinganda 
quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Xususiy kapital hajmining o‘zgarishiga 
omillar ta’sirini “Balansli bog‘lanish” usulidan foydalanib aniqlash mumkin. 
Buning uchun, birinchi navbatda xususiy kapital hajmi o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi birlamchi omillarni aniqlab olish lozim. Uning hajmining o‘zgarishiga 
quyidagi omillar bevosita ta’sir ko‘rsatadi: 
-
ustav kapitalining o‘zgarishi (UK
1
-UK
0
); 
-
qo‘shilgan kapitalning o‘zgarishi (QK
1
-QK
0
); 
-
rezerv kapitalining o‘zgarishi (RK
1
-RK
0
); 
-
taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi (TF
1
-TF
0
). 


227 
Ushbu omillar ta’sirini “Balansli bog‘lanish” usulidan foydalangan holda 
quyidagicha aniqlash mumkin: 
XK
o‘z
= (UK
1
-UK
0
) ± (QK
1
-QK
0
) ± (RK
1
-RK
0
) ± (TF
1
-TF
0
). 
Ushbu omillar ta’siri aniqlangandan so‘ng, ularning ta’sir darajalari 
baholangan holda xulosa qilinadi.
Xususiy kapital hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va 
ularning o‘zgarish sabablarini aniqlash va xususiy kapital hajmini oshirish 
imkoniyatlarini ko‘rsatib berish maqsadida ikkilamchi omillar ta’sirini tahlil qilib 
o‘rganish lozim. Ya’ni, bunda xususiy kapital hajmining o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi har bir omil ko‘rsatkichining o‘ziga (har bir kapital hajmining 
o‘zgarishiga) ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ta’siri o‘rganiladi. Bunday tartibda 
tahlilning amalga oshirilishi har bir kapital turining o‘zgarishi hisobiga xususiy 
kapital hajmining aniq o‘zgarish sabablari aniqlanadi va uni oshirish imkoniyatlari 
aniqlanadi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin