R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

5.4.4. Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili 
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili – bu moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlaridan 
foydalanib, moliyaviy koeffitsiyent ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida baholash 
usulidir. Amalda aniqlangan moliyaviy koeffitsiyentlar nisbiy ko‘rsatkichlarda 
ifoda etiladi. 
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili ham iqtisodchi olimlarning ilmiy va o‘quv-
uslubiy asarlarida bayon qilingan. Jumladan, iqtisodchi olimlar A.V.Vahobov, 
A.T.Ibrohimov va N.F.Ishonqulovlar
40
moliyaviy koeffitsiyentlar tahlilida 
quyidagi beshta ko‘rsatkichni tahlil qilib o‘rganishni va ularni buxgalteriya balansi 
ma’lumotlari asosida aniqlash tartibini keltirib o‘tishgan: 
-
moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; 
-
qarz va o‘z mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat koeffitsiyenti; 
-
zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari bilan qoplanganlik koeffitsiyenti; 
-
mablag‘larni chaqqon harakatchanlik koeffitsiyenti. 
Mazkur iqtisodchi olimlardan farqli ravishda T.Qudratov va N.Fayzievalar 
tomonidan quyidagicha bayon qilingan: “Korxonaning moliyaviy holatiga baho 
berishda mutlaq ko‘rsatkichlarga qaraganda nisbiy ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi. 
Nisbiy ko‘rsatkichlar amaliyotda moliyaviy koeffitsiyentlar deb ataladi. Moliyaviy 
koeffitsiyentlarni hisoblashda mutloq ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishda quyidagi moliyaviy 
koeffitsiyentlar ko‘proq ishlatiladi. 
1. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti 
2. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti 
3. To‘lovga qodirlik koeffitsiyenti 
4. O‘z va qarz mablag‘larining o‘zaro nisbati koeffitsiyenti 
5. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti 
6. Moddiy aylanma mablag‘lar hissasi koeffitsiyenti 
7. Jami aylanma mablag‘larning jami mulk qiymatidagi hissasi 
40
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: Darslik. –T.: “Sharq”, 2005. - 
221 b. 


119 
koeffitsiyenti.”
41
Yuqoridagi ikki guruh iqtisodchi olimlar tomonidan ham moliyaviy tahlilda 
o‘rganiladigan moliyaviy koeffitsiyent ko‘rsatkichlari sifatida aynan shu 
ko‘rsatkichlardan foydalanish lozimligi va ular qo‘llashning mantiqiy ketma-ketligi 
ko‘rsatib berilmagan. 
Iqtisodchi olim M.Yu.Raximov “Korxona faoliyatiga baho berishda mutlaq 
ifodalar moliyaviy holatning barcha qirralarini ochib bera olmaydi. Shu sababli 
ko‘p hollarda nisbiy ifodalardan ham foydalaniladi. 
Nisbiy ifodalar fanda moliyaviy koeffitsiyentlar deb nomlanib ularning har 
biri korxona moliyaviy holatining muhim jihatlarini o‘zida ifoda etishi bilan 
farqlanadi”
42
deb izohlagan holda “Moliyaviy koeffitsiyentlarning, odatda tarkibiy 
va muvofiqlashtiruvchi turlari xarakterlanadi. Tarkibiy moliyaviy koeffitsiyentlar 
bir xil asosli jamlangan qatorlarda birlik qatorlarning salmog‘ini harakterlasa, 
muvofiqlashtiruvchi koeffitsiyentlar esa har xil asosli ko‘rsatkichlarni o‘zaro 
nisbatlash orqali hisoblanadi”
43
deya ta’kidlab o‘tgan. 
Ushbu iqtisodchi olim tomonidan bayon qilingan fikrlarning e’tiborga 
loyiqligini ta’kidlagan holda shuni aytish mumkin-ki, iqtisodchi olim moliyaviy 
koeffitsiyentlarni ikki guruhga ajralishi va nima sababdan bunday nomlanishi va 
qanday aniqlanish tartibiga to‘xtalgan holda to‘liq tushuntirish berib o‘tgan. Biroq, 
fikrimizcha ikkinchi guruh moliyaviy koeffitsiyentlarini muvofiqlashtiruvchi 
koeffitsiyentlari deb emas, balki nisbat koeffitsiyentlari deb nomlanishi maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Chunki, iqtisodchi olim tomonidan ham o‘zaro nisbatlash 
orqali hisoblanadi deb ta’kidlanmoqda. 
Yuqoridagi fikr-mulohazalarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, 
moliyaviy koeffitsiyentlar tahlilida koeffitsiyentlar ikki guruhga bo‘lingan holda 
tasniflanadi (5.4-rasm). 
41
Qudratov T, Fayzieva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. Darslik. – T.: “Voris-nashriyot”, 2012. – 
134 b. 
42
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: “Iqtisod - moliya”, 2013. - 50 b. 
43
Shu yerda 


120 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin