R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-rasm. Moliyaviy koeffitsiyentlar tasnifi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

5.4-rasm. Moliyaviy koeffitsiyentlar tasnifi 
Birinchi guruh tarkibiy koeffitsiyentlar deb nomlab, ular bir xil asosli 
jamlangan qatorlarda birlik qatorlarning salmog‘ini tavsiflaydi. Tarkibiy 
koeffitsiyentlarga balans jami aktivi tarkibida uzoq muddatli va joriy aktivlarning 
salmog‘i, joriy aktivlar tarkibida likvid aktivlar (tovar moddiy zaxiralar, debitorlik 
majburiyatlari va pul mablag‘lari)ning salmog‘i, balans jami passivi tarkibida o‘z 
va qarz mablag‘lari salmog‘i, majburiyatlar tarkibida uzoq va qisqa muddatli 
majburiyatlar salmog‘i va boshqa koeffitsiyentlar kiradi. 
Ikkinchi guruhi esa nisbat koeffitsiyentlari bo‘lib, ular har xil asosli 
ko‘rsatkichlarni o‘zaro nisbatlash orqali hisob-kitob qilingan holda aniqlanadi. 
Nisbat koeffitsiyentlariga moliyaviy mustaqillik, qaramlik, barqarorlik, to‘lov 
qobiliyati, rentabellik ko‘rsatkichlari va boshqa koeffitsiyentlar kiradi. 
Moliyaviy tahlilda moliyaviy koeffitsiyentlar tahlilini yuqoridagi kabi 
tasniflagan holda tahlil qilib o‘rganish xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy 
holatiga xolisona baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Moliyaviy koeffitsiyentlar 
Tarkibiy koeffitsiyentlar 
Nisbat koeffitsiyentlari 
- balans jami aktivi tarkibida uzoq 
muddatli va joriy aktivlarning salmog‘i; 
- joriy aktivlar tarkibida likvid aktivlar 
(tovar 
moddiy 
zaxiralar, 
debitorlik 
majburiyatlari va pul mablag‘lari)ning 
salmog‘i; 
- balans jami passivi tarkibida o‘z va qarz 
mablag‘lari salmog‘i; 
- majburiyatlar tarkibida uzoq va qisqa 
muddatli majburiyatlar salmog‘i va boshqa 
koeffitsientlar.
- moliyaviy mustaqillik koeffitsienti; 
- moliyaviy qaramlik koeffitsienti; 
- moliyaviy barqarorlik koeffitsienti; 
- to‘lov qobiliyati koeffitsienti; 
- mablag‘larning chaqqon harakatchanlik 
(likvidlik) koeffitsienti; 
- rentabellik ko‘rsatkichlari va boshqa 
koeffitsientlar kiradi. 


121 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin