«Alloh taoloning nazdida bir kun sizning bu dunyo vaqtiga ko’ra ming yildir» .
Ya’ni, oxiratda bir kun bu dunyomizdagi ming yilga teng ekan. Unday bo’lsa oxiratdagi
bir yil 365 000 yil bo’ladi, 250 yil esa to’qson bir million ikki yuz ellik ming yilga to’g’ri
keladi. Shuncha vaqt jahannamda qoladi degani.
Shuning uchun muhtaram birodarlarim, bu hadisi sharifan xulosamiz shuki, jahannamga
tushmaslikka g’ayrat qilmog’imiz kerak! Chunki u yerga bir tushgan kishi millionlarcha
sana azob chekadi...
Alloh taolo Qur’oni karimdagi ko’pgina oyati karimalarida bizga:
«Ey imon keltirganlar, Allohdan qo’rqinglar!» deb buyuradi. Va yoxud:
«Odamlar va toshlar o’tin bo’ladigan do’zaxdan qo’rqing!». Osiyoda Tomas Irvin ismli kanadalik bir diplomat olim musulmon bo’lgan, Islom
yuzasidan kitob yozadi. Musulmon bo’lganligini anglatar ekan, bir narsa mening
diqqatimni tortadi. Tabiiyki, biz musulmonlikni ota-onadan ko’rdik; namozimizni
o’qiymiz, o’rganamiz, ro’zamizni tutamiz... Ammo tashqaridan bir inson Islomga qanday
qaramoqda, Islomning qaysi tomonini ma’qullamoqda? Bu – muhim.
Musulmon bo’lgan Tomas Irvin deydiki: «Men xristian bir o’lkada tug’ildim, xristianlikni
bilaman. 346 ta Osiyo dinlarini ham bilaman». Kimlar bor o’zi Osiyoda? Hindlar bor,
xitoyliklar bor, laosliklar, taylandliklar, vetnamliklar... Bularning buddizm, braxmanizm,
shintoizm kabi dinlari bor... «Bularning dinlarini o’rganib chiqdim, xristianlikni ham
bilaman. Bu odamlarning dinlarini ko’rdim, ibodatlarini ham. Musulmonlikni ham
ko’rdim».
Musulmonlikda ibodatlar nimalardir?.. Namoz o’qishlik bor, ro’za tutmoqlik, zakot
berishlik, hajga bormoqlik, zikr qilishlik... Xayr-hasanot qilishlik bor... «Islomning butun
amrlarini juda go’zal, juda mantiqli, ko’p foydali, nihoyatda hikmatli ekanligiga ishonch
hosil qilganim, boshqa dinlarning esa ibodatlarini bo’m-bo’sh, maqsadsiz, foydasiz,
g’oyasiz, zaruratsizligini ko’rganim uchun musulmon bo’ldim», – deydi...
Bizning fakultetimizda Abdulxoliq Bek degan bir professor bo’lardi. Avvaldan xalq ta’lim
vazirligi vazifasida ishlagan. Olmoniyaga borganida diplomatik bir ziyofatda uning oldiga
ichkilik qo’ymoqchi bo’ladilar.
U deydiki:
«Ichkilik qo’ymang!..»
«Nechun taqsirim?»