www.ziyouz.com kutubxonasi
100
Odam alayhissalomdan boshlab barcha payg’ambarlar Rasululloh sallallohu alayhi
vasallamning bayroqlari ostida yig’iladilar va to’g’ri jannatga kirib boradilar. Ular duxul-
avvalin – deb ataladi. Duxul-avvalin birinchi bo’lib kirgan muboraklar degani. Jannatga
birinchi bo’lib kiradiganlar – payg’ambarlar, lekin jannatning eshigi oldiga birinchi bo’lib
kelgan va uning eshigini birinchi bo’lib ochgan kimsa sarvari anbiyo Muhammad Mustafo
sallallohu alayhi vasallamdir.
Shundan keyin hisob-kitob qilinmasdan kiradiganlarga navbat keladi. Bular muborak
shahidlar, avliyoulloh, muqarrabinga o’xshash Alloh taoloni eng ko’p yaxshi ko’rgan
qullari. Alloh taolo Qur’oni karimda: «Voqe’a» surasida bildirilgan mo’’minlarni eng
yuksak, sharafli, Alloh qullarining tanlagan tabaqasi ekanliklaridan xabar beradi.
Bundan so’ng, hisob-kitob qilib jannatga kiradiganlar bor...
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hayotlik davrlarida o’nta sahoba, jumladan,
«Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali jannatiydirlar», deb mujda berganlar. Masjidlarda,
daftarlarga, dumaloq lavhalarga jannatiy bo’lgan kimsalarning ismlarini yozib, osib
qo’yganlar. Demoqchimizki, hisob-kitobsiz jannatga kiradiganlarning boshida sahobalar,
so’ng tobe’iynlar so’ng taba’a tobe’iylar so’ngra keyin keladiganlar turishadi.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sahobalarining qanday yuksak darajada
bo’lganligini bilamiz. Ya’ni sahobaning darajasiga birorta ham avliyo yetisha olmaydi.
Ahli sunnat e’tiqodiga ko’ra, hatto, eng yuksak avliyoning darajasi sahobalarnikidan past
turadi.
Chunki Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuryaptilarki:
«Asrlarning eng xayrlisi, mening asrimdir, insonlari eng xayrlidir. Avval
Payg’ambarimizni ko’rgan ashoblar, keyin ashobni ko’rgan tobeinlar, so’ng tabaa
tobeinlar», ya’ni tobeinlarni ko’rganlar, – deb bu uch naslning juda ham muborak
ekanligini bayon qilganlar. Ulardan keyin esa hazrat Payg’ambarimiz ummatlaridan
yolg’onchilar va johillar chiqishidan xabar berganlar. Darhaqiqat, Rasulullohni ko’rishning
o’zi kifoya. Suhbatlariga erishmoq, sahobasi bo’lish inson sharafliligini yuksaltirib
yuboradi.
Ashobdan ikki kishiga Hazrati Payg’ambarimizga qabrdoshligi bo’lishlik nasib qilgan,
boshqasiga buyurilmagan. Birisi – Abu Bakr Siddiq hazratlari, ikkinchisi – Umarul Foruq
hazratlari... Payg’ambarimizning qabrlari orqasida ularning ham qabrlari bor... Madinai
munavvarada, Qubbai G’adroning yonida...
Shuning uchun ramazonda Allohning mag’firat etgan qullaridan bo’lish uchun jon-
jahdimiz ila harakat qilamiz, bor kuchimiz bilan intilamiz! Chunki, Alloh bizni bir hisob
qilsa, holimiz xarobdir. Mag’firat qilsa, qanday baxt!..
Hotami Asom hazratlari namozga turayotganlarida ro’parasida Ka’bai Musharrafa,
oyoqlarining ostida Sirot ko’prigi, orqalarida Azroil alayhissalom turganday his qilar
ekanlar. O’qiyotgan namozlarini eng so’nggi namozim, deb o’ylarkanlar. Qo’rquv bilan
oxiratga rag’bat etib, ixlos ila «Allohu akbar», deya namozga turar ekanlar.
Biz ham shu ramazonimizni eng oxirgi ramazonimiz degan idrok bilan uni jonlantiraylik.