Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
96
MAG'FIRAT OYI
A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd
bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor
bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va
uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha
izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!
Amma ba’d:
Aziz va muhtaram jamoati muslimin! Qimmatli birodarlarim! Alloh taolo barchamizdan
rozi bo’lsin! Namozlaringizni, niyozlaringizni, ro’zalaringizni, ibodatu
toatlaringizni qabul
qilsin!
Alloh taolo bir hadisi qudsiyda buyuradiki:
«Ey Odam o’g’li!» Darhaqiqat, Hazrati Odamning farzandlari bo’lgani uchun Odam
alayhissalom avlodlarining barchasi qardosh-birodardir. Bundan tashqari,
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam «Odam tuproqdandir», –
deb buyurganlar,
shu bois, aslimiz tuproq bo’lganligi uchun mutavoze’ bo’lishimiz lozim.
Zod – arabchada yo’l ozuqasi, xaltaga solingan yegulik-ichgulik degani. Qadim
zamonlarda yo’lchilar safarga chiqishdan oldin yo’l ozuqalarini g’amlab olardilar. Chunki
yo’llar hozirgidek qulay emas edi. Albatta, yo’llarda hozir turli-tuman imkoniyatlar
mavjud:
benzin quyish shaxobchalari, tahorat olish yerlari. Yo’lda yeyish-ichish uchun
ozuqa g’amlash tashvishi yo’q.
Ammo oldinlari bunday emas edi. Cho’lga chiqqan odam nimalar qilishi kerak edi, bir
o’ylab ko’raylik: nima yeydi, nima ichadi? Bu ham o’ziga yarasha bir muammo? Meshga
suv to’ldirib, minadigan hayvonining bir tomoniga osib qo’yardi.
Yeyish uchun qotgan
nonmi, qovurilgan unmi, umuman, yo’lda aynimaydigan, bug’doy, xurmoga o’xshash
quruq yeguliklarni ham yoniga olishardi.
Yo’llarda ham ko’p qiyinchiliklarga uchrardilar. Bir tomondan charchoq, ikkinchi
tomondan esa uzoq masofani zahmat bilan bosib o’tish,
shular qatori yeyish-ichish
tashvishi ham bor edi. Shu sababdan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning
hadislaridan birida:
«Cho’lda yo’lovchi bo’lib musofir bo’lsangiz, zarurat paytida insonlardan musofirlik
haqqingizni talab etishingiz mumkin», – deganlar.
Nima uchun? Chunki musofir hayotida xafv bor, unga lozim bo’lgan
paytda insonlar biror
narsa in’om qilishlari lozim! Chodirdagi yoki o’sha qishloqdagi inson musofirga hech
bo’lmaganda bir qultum suv yoki bir burda non berishi kerak! «Agar bermasa, olishga
haqqingiz bor. O’lib qolmaysiz, oling!»–deyaptilar Payg’ambarimiz
sallallohu alayhi
vasallam. Albatta, bu o’sha ishning muhimligini, jiddiyligini ko’rsatmoqdalar.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Dostları ilə paylaş: