www.ziyouz.com kutubxonasi
98
azon chaqiradigan paytda: «Ey Rabbim! Meni, onamni, otamni, jami mo’’minlarni
mag’firat qil!» – deb duo qilishimizni Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya
qilmoqdalar.
Ramazon – bandalar mag’firat qilinadigan, ko’plab jahannamiy kimsalar do’zaxdan ozod
bo’ladigan oy. Mohi g’ufron va yoxud arabcha ta’bir bilan aytganda, shahri g’ufron –
qullar afvu mag’firat qilinadigan oy.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam xabar berganlaridek:
«Boshi – Alloh rahmati tajalli qilgan, (va avsatuhu’ mag’firatun) o’rtasi – qullari Alloh
tomonidan mag’firat qilingan (va a’xiruhu’ itqun minan-na’r) oxiri – qullar jahannamdan
ozod bo’lgan oy».
Chunki Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ramazon oyida Qur’oni karimning
barchasini to’laligicha Jabroil alayhissalomga o’qib berib, muqobala qilar edilar.
Hofizlarning masjidlarda Qur’oni karimni o’qishlari va jamoatning uni tinglashlari o’sha
odatning davomi. Demak, ramazon ayni paytda, Qur’oni karimga mahkam yopishish,
Qur’oni karimni o’qish, Qur’oni karim bilimini takrorlash oyidir.
Tabiiyki, banda qusurlar, gunohlardan xoli emas. Ichkilik, yolg’on, g’iybat, haromga
qarash, harom yeyish – hammasi gunoh. Qur’oni karimdan yod olgan sura-oyatlarini
unutib yuborish ham buyuk gunoh.
Shuning uchun Qur’oni karimni har kuni takrorlash lozim! Bundan tashqari, Qur’oni
karim xastaliklarga davo hamdir. Sahoba «Fotiha» surasini o’qisa, og’ir kasal tuzalib
ketdi. O’lar holatda edi, hayotga qaytdi. Demak, Qur’oni karimning ma’naviy savobi
ham, moddiy shifosi ham bor...
Bu rivoyatni nima uchun eslatdik?
Cho’lga sayohatga chiqqan kishi och qolishi, chanqashi, turli tashvishlarni boshidan
kechirishi mumkin. Shuning uchun yo’lga chiqishdan oldin xaltasini to’ldirib chiqishi
lozim! Suv, oziq-ovqat, hammasini olishi kerak! Hamma narsani olganidan so’ng yo’lga
chiqishi lozim!
Alloh taolo hadisi qudsiyda aytmoqdaki:
«Yo’l ozuqasini ortig’i bilan oling, chunki yo’l uzoqdir!»
Bundan maqsad nima? Inson farzandining dunyodagi hayoti bir yo’lchilikka
o’xshatilmoqda. Inson farzandi dunyoga keladi. Keyin chaqaloqlikdan o’rta yoshgacha,
o’rta yoshdan qarilikkacha borib yetadi. So’ng vafot qilib, oxirat olamiga ketadi. Undan
keyin barzax olamida uni ruhlar kutadi. Qiyomat qo’padi. Mahshargohda insonlar
yig’iladilar. Hisob-kitoblar bo’ladi. Sirot ko’prigidan o’tganlar jannatga doxil bo’ladilar.
Demak, inson farzandining yo’lchiligi u hali dunyoga kelmasdan oldin – ruhlar olamidan
boshlanib, dunyoga kelishi bilan davom etadi, o’limi bilan boshqa olamga o’tadi.
Qiyomatdagi hisob-kitoblardan so’ng yo’lchilikning oxirgi abadiy bekati jannat yoki
jahannam keladi: kofirlar – jahannamga, mo’’minlar – jannatga kiradilar. Ammo,