www.ziyouz.com kutubxonasi
97
Shu yerda sahobai kiromning bir sayohatini eslab qoldim: bir guruh sahobai kirom yo’lga
chiqibdilar. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning qanday vazifa topshirganlarini
bilmaymiz. Cho’lda qumlarga botib, jazirama issiqda terlab-pishib, charchab, nihoyat bir
vohaga yetib kelibdilar. Qarasalar, bir necha chodir atrofida xurmo daraxtlari va suv
ko’rinibdi. Sevinib boribdilar:
«Biz yo’lchimiz, qornimiz och», – deyishibdi.
Ular esa musofirlarni mehmon qilmabdilar. Sahobalarning kimligini bilmabdilar, na
ovqat, na suv beribdilar, chodirlariga hatto taklif qilmabdilar. Payg’ambar sallallohu
alayhi vasallam huzurida xizmat qilib yuradigan, har biri Valiy zot bo’lgan bu insonlarga
vohadagilar iltifot ko’rsatib mehmon qilmabdilar. Ular esa chodirlarning atrofida,
qumlarning ustiga hech bo’lmasa charchoq ketsin, deb cho’zilibdilar. Birozdan keyin
chodirlarning biridan baqir-chaqir, to’polon ovozi eshitilibdi. Bir joriya yuzini berkitib-
yashirib, ularning oldiga kelib:
«Bir zaharli ilon qabila raisini chaqib oldi. Ichingizda davolaydigan birortasi bormi?» –
deb so’rabdi.
Sahobalardan biri:
«Men biroz bilaman», – debdi.
Uni qabila raisining yoniga olib boribdilar. Sahoba faqatgina Qur’oni karimni o’qibdi.
Shishib borayotgan vujud tuzala boshlabdi. Bundan sevingan voha aholisi ularga ko’p
izzat-ikrom ko’rsatibdilar: yediribdilar, ichiribdilar, dam oldiribdilar. Yo’lga chiqishlarida
qo’y-qo’zilar va hokazo hadyalar berib jo’natibdilar.
Ular olgan hadyalari bilan Madinai munavvara tomon yura boshlabdilar. Faqat Qur’on
o’qigan kishi aytibdiki:
«Men bu ishga ko’p xafa bo’ldim».
«Nima uchun?»
«Bu hadyalarni Qur’oni karimni o’qiganimdan so’ng berdilar. Qur’oni karimni moddiy
manfaat yo’lida ishlatdim, deb xavotirdaman. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan
buni so’rayman. Berilgan narsalarga qo’l tekkizmang», – debdi.
Madinai munavvaraga yetib kelibdilar. Borib Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga
bo’lgan voqeani tushuntirib beribdilar. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
«Sen haqlisan, xavotirlanadigan joyi yo’q. Niyating juda ham xolis va pok bo’lgan. Olgan
hadyalaringizdan bemalol foydalanaveringizlar. Hatto menga ham ikrom etishingiz
mumkin», – debdilar.
Keyin Qur’on o’qigan sahobadan so’rabdilar:
«Nimani o’qigan eding, doridek ta’sir qilibdi?»
«Yo, Rasululloh «Fotiha» surasini o’qidim», – debdi sahoba.
Bu hadisi sharifdan ilohiy duo bilan har qanday kasallikdan xalos bo’lish mumkin, degan
xulosaga kelamiz. Zero, Alloh taolo hamma narsaga qodir. Omanna va soddaqna qodir.
Fotihani o’qish bilan kasal tuzaladida.
Ramazon – mohi g’ufron. Alloh taolo O’z bandalarini eng ko’p afvu mag’firat qilgan oy.
Bu oyda Alloh duolarni qabul qiladi. Chunki, «Ro’zadorning duosi maqbuldir», – deydilar
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Shom vaqti kirib kelishi, yaqinlashishi bilan