www.ziyouz.com kutubxonasi
41
sharifning oxirida Alloh taoloning shu amrlari joy olgan:
«U holda, meni ma’mur qilishga harakat qil, ey Odam o’g’li! Meni xarob-vayron qilma,
buzmagin!»
Qabr ibodat bilan ta’mir qilinadi. Gunohlar bilan xarob qilinadi. Inson qabrining ma’mur
etishligi xayru ehsonlarni bajarishi, xarob etishi esa, gunohlar sodir etishi bilan bo’ladi.
Shunday ekan, inson umri bo’yi qabrini ta’mir qilish uchun harakat qilishi lozim.
Alhamdulilloh, ba’zan ko’rib qolaman: xotinlar qabr namozlarini o’qiydilar, xatmi Qur’on
tushiradilar va shunga o’xshash boshqa amallarni qiladilar. Bularning hammasi qabr
ta’miri bobida qilinayotgan yaxshi ishlardir.
Bu hadisi sharif Alloh taoloning biz insonlarga xitobi. Undan kelib chiqadigan saboqlar
shulardir: Tavbani – Allohga qaytishni kechiktirmaslik kerak. Modomiki, oxiratni sevar va
jannat uchun ish qilar ekanmiz, so’zimiz ahvolimizga uyg’un bo’lsin, ishlarimiz munofiqu
kofirlarning ishlariga o’xshamasin!
Men bozorni aylandim: o’zimizdagi musulmon ota-bobolarimiz ayol-qizlarimiz qaerdayu,
bugungi yarim-yalong’och xotinlar qaerda! Hozir-ku bu yer biroz sovuq – 0 gradus
atrofida, biroz qor bor. Lekin hozir sen borib Antaliyani ko’r! Qani bor, yoz kunida
Antaliyada keza olasanmi?
Bizning bir birodarimiz Antaliyaning asl oilalaridan edi. O’zi Amerikadan kelgan, molu
dunyosi bor. Chiroyli bir uy qurdiribdilar. Qarabdilarki, farzandlari qo’ldan keta
boshlabdi, imonlari keta boshlabdi! Uyni ham, Antaliyani ham tashlab, qochib ketibdilar.
Nima uchun? Chunki bu turistlarning dastidan yashaydigan hollari ham qolmadi.
Turistlarni bir chetga qo’yib tur, o’zimizning aholi ulardan ham battar bo’lgan?
Ajnabiylardek kiyinyaptilar, taranyaptilar, bo’yanyaptilar, bezanyaptilar, xullas ular kabi
yashamoqdalar... Namoz yo’q, tahorat yo’q, g’usl yo’q, ibodat yo’q, insof yo’q, harom-
halolning farqi yo’q...
«Mening onam namozni boshlamoqchi, lekin o’qishga tili kelishmayapti», – deb
aytadilar. Bu yoshga kelib, katta xotin bo’libdi, lekin oddiy narsalarni ham bilmaydi. Oxiri
aytdim: «Kichkina bolalarga o’rgatiladigan «Inna a’tayna»ni, «Qulhuvallohu ahad»ni
o’rgansin va namozlarni ular bilan o’qisin». Holimizga qarang!
Allohning bergan ne’matlariga qanoat qilamiz! Boshimizga Allohning imtihoni yuborilsa,
unga sabr etamiz! Bu imtihon kasallik, faqirlik, kamchilik va boshqalar bo’lishi mumkin.
Hammasiga sabr qilamiz!
Bizning universitetdagi talabalarimiz orasida bir qiz bo’lardi. Turmushga chiqdi, juda
ko’rkam farzand ko’rdi. Haqiqatan ham oydek bir chaqaloq edi. Juda sevingan edilar.
Kasalliklari bor ekan, bola biroz qiyinchilik bilan tug’ilibdi... Bir haftadan keyin Alloh
bolani oldi. Nachora bergan ham Alloh, olgan ham Alloh. Sabrdan bo’lak ilojimiz yo’q.
Qiz esa Allohga qanday haqoratomuz so’zlarni gapirmadi, deysiz! Meni yuragim
yorilayozdi, qo’rqib ketdim. U esa jinni bo’lib qoldi, aqli boshidan uchdi. Nima ham
qilardik, Xudoning taqdiri ekan. Bergan ham Alloh, olgan ham Alloh... Sabrni o’rgan!