www.ziyouz.com kutubxonasi
38
ularning sifati esa senda ham bor! Bunday bo’lmaydi, ey Odam o’g’li!» – deb aytmoqda
Rabbimiz hammamizga umumiy qilib. Tabiiyki, umumiy qilib aytilgan so’zlardan har bir
kishi o’z hissasini olaveradi.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilarki: «Munofiqlarning sifatlari bor. Agar
bir insonda bu sifatlarning hammasi mavjud bo’lsa, xolisu muxlis kishi ham munofiq
bo’ladi qoladi. Agar bu sifatlardan bittasi mavjud bo’lsa, munofiqlikdan bir parchasi
bo’lgan bo’ladi». Shuning uchun ham insonda bunga o’xshash narsalar bor bo’lsa, ularni
tark etishi lozim!
Yosh bolaga: «Bolam, to’g’riso’z bo’lgin, yolg’on gapirma!» – deymiz. Bir ozdan keyin
telefon jiringlasa, «Uyda yo’q, deb ayt», – deb buyuramiz. Xo’p, endi nima bo’ldi?
Yolg’on gapirma, deb aytgan edingiz-ku? Bola buni juda yaxshi tushunadi: «Ota, siz
menga yolg’on gapirma demaganmidingiz?» – deydi. «Dada, shunday ham bo’ladimi?
Onajon, bunday narsa ham bo’ladimi?» – deb taajjublanadi. Ular esa: «Jim tur, sen
gapirma!» – deydilar. Lekin nega bola gapirmasin. Bu yerda u haq, kattalarning o’zlari
nohaq.
Yaxshilikka buyurgan kishi unga avvalo o’zi rioya qilishi lozim! Shundagina so’zining
ta’siri kuchli bo’ladi.
Bir kun Abdulqodir Giloniy hazratlari va’z o’qish uchun xutbaga chiqibdilar. A’uzu
basmalani aytib, va’zlarini oddiy so’zlar bilan boshlabdilar: «Uyda edim, xonimim unday
qildi, bunday qildi...» – deb. Hali ma’ruzaning asosiy mavzusiga kirmasdan, odamlarning
ko’zlaridan yoshlar oqa boshlabdi.
O’g’li: «Men ham kursining ustiga chiqib, shunday narsalarni aytamanki...» – debdi.
Otasi uning qanday holatda ekanligini darhol tushunibdi. «Xo’p, bu hafta sen va’z
o’qiysan», – debdi. U ham yaxshilab tayyorgarlik ko’ribdi. Odamlar eshitibdilar, lekin na
bir hayajon, na boshqa biror narsa bor... Nega shunday bo’ldi? Chunki otasining so’zlari
hayotiy bo’lganligidan ta’sirli edi. Lekin balandparvoz so’zlar, hayajonli o’xshatishlar
bilan gapirsa-da, agar o’zi uni amalda qilmasa eng ibratli so’zning ham ta’siri bo’lmaydi.
Inson biror yaxshilikni aytishdan oldin, avvalo o’zi uni amalga oshirishga harakat qilishi
kerak! Solihlarni sevsa, ulardan bo’lishga harakat qilishi kerak munofiqlarni sevmasa,
ulardan yiroqlashishga harakat qilishi lozim!
Munofiqlarning holati qanday? Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Erkaklar
bomdod va xufton namozlarini masjidda o’qishlikka harakat qilsinlar, bunga ahamiyat
bersinlar. Chunki munofiqlar bu ikki namozga kelmaydilar!» – deb aytadilar. Demak,
biror kishi bomdod va xufton namozlarini o’qish uchun masjidga chiqa olmasa, bundan
tashvishga tushib, «Ey voh! Menda munofiqlarning holati bor ekan, ularga o’xshab uyda
o’tirishim kerakmi?» – deb shoshilib masjidga chiqishi kerak. Modomiki, munofiqlarni
sevmas ekanmiz, u holda, ulardagi biror sifatning o’zimizda bo’lmasligi uchun harakat
qilishimiz kerak. Modomiki, solihlarni sevar ekanmiz, ulardek bo’lish uchun intilishimiz
lozim.
Biz muborak insonlarning manoqiblarini, hayotlarini o’qishda juda katta foyda borligini
ko’rdik. Chunki inson farzandi, yaxshi insonlardan, dindor kishilardan ibrat olishga