www.ziyouz.com kutubxonasi
7
so’yadi, chunki bu vojib amal. Ammo ramazon bayramida qurbonlik so’yishning ham
savobi, hikmati bor. Bu oyda qurbonlik so’yganga yetti yuz savob beriladi.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yetti yuz savobga ega bo’lgan to’rt narsani
sanab o’tganlar:
1. Insonning Alloh yo’lida haj, jihod, umra kabi amallar uchun xarajat qilishi;
2. Ota-onaning yeyishi, kiyishi, yo’l xarajatlari uchun xarajat qilish;
3. O’z oilasiga qilgan xarajatlari. Shubhasiz, Islom oila muhabbatiga yuksak ahamiyat
beradi. Inson bola-chaqam yesin-ichsin deb, to’rva-xaltasini to’ldirib, uyiga olib boradi.
Bolalarining qorni to’yadi. Hamsoyasining olmasiga qo’l urmaydi, birovning qo’lidagiga
ko’z olaytirmaydi. Uyda hamma narsa bor, ko’zlari to’q bo’ladi. Uyga qilgan xarajatlar
uchun yetti yuz savob berilishining hikmati ham shunda.
Ramazon bayramida qurbonlik so’yish. Nega endi ramazon bayramida? Chunki,
ramazon bir bayram. Qurbonlik so’ydingizmi, uyga fayz-barakot yog’iladi, mehr-
muhabbat yanada ortadi. Mehmon-musofirlarning hurmatini joyiga qo’yish yanada
osonroq bo’ladi. «Marhamat, o’tiring, ovqat yeng!» – deb iltifot ko’rsatiladi.
Bu suhbatimizda asosan ikki narsani eslatdik: birinchisi, Payg’ambarimizning hadisi
shariflariga ahamiyat berib, qadr kechasini topishga harakat qiling. Ikkinchisi, Alloh
sizga boylik bergan bo’lsa, ramazonda qurbonlik so’ying, yetti yuz savobdan bahramand
bo’ling!
Davom etamiz:
«Alloh taolo ramazon oyida kunduzlari ro’za tutishni farz qildi. Kechalari turib namoz o’qishni tatavvu’ qildi». Tatavvu’ – farz bo’lmagan holda bajariladigan
ixtiyoriy go’zal nafl amallardir. Biz kunduzlari ro’za tutamiz, ammo kechasi o’qiladigan
tatavvu’ namozni o’qiyapmizmi? O’qiyapmiz, o’qidik, shu kungacha o’qib keldik... Xo’p,
biz yana nima qildik? Xufton namozidan keyin tarovih namozini ado etdik. Bu – o’sha
kechaning tatavvu’ qilingan namozi. U boshqa vaqtlarda o’qilmaydi. Payg’ambarimiz
sallallohu alayhi vasallamning sunnati bo’lganligi uchun ham ishq bilan o’qiymiz.
Alhamdu lilloh, biz «Yangi jome» masjidi ichidan joy topolmadik, sunnatni tashqarida –
hovlida o’qidik va keyin ichkariga kirdik. Insonlarga masjidlar sahnining yetishmasligi,
jamoatning ko’chalarga qadar to’lib-toshishi bu islomning barakotini ko’rsatadi. Xudoga
shukur, bu, yoshlarning islomiy go’zallikni tushunganligi va uning hayotiyligi uchun
sevib, o’zlashtirganidan dalolat beradi. Minnatdorchilik bildirib, buning davomli bo’lishi
va ziyodalashuvini xohlaymiz.
Yuqoridagi hadisi sharifda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Agar bir kishi
ramazon oyida Allohga yaqinligini mustahkamlamoqchi bo’lib, biror ibodat yoki xayrli
amalni bajarsa, go’yo ramazondan boshqa oyda bir farzni bajargandek bo’ladi. Va kimki,
ramazonda bir farzni ado qilsa, go’yo ramazondan boshqa oyda yetmishta farzni ado
qilgandek savobga ega bo’ladi», – deya marhamat qiladilar. Masalan, zakotni ramazonda
berish kerak degan hech qanday majburiyat yo’q, ammo o’sha farz (zakot) ramazonda
ado etilsa, ramazondan boshqa oyda ado etilgan yetmishta farz amalning savobiga teng
bo’ladi.