Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

shahavoti nafsoniya
deb aytamiz. Shahavot - xohishlar, orzular 
degani. Nafs ichkaridan xohishlar hosil qiladi va aytadi: «Voy, och qoldim, voy, 
suvsadim! Voy, dam olishni xohlayman, uxlamoqchiman!..» va hokazo shunga o’xshash 
orzular. 
To’g’ri, bu istaklar tabiiy ehtiyojdir. Parvardigorimiz hech bir narsani o’rinsiz 
yaratmagan. Parvardigorimiz bularning vujudda bo’lishini xohlab yaratgan ekan, 
hikmatdan xoli emas, albatta, bir ma’noga ega... Rabbimizning hikmatsiz biror ishi yo’q. 
Inson o’z-o’zini nazorat qilmog’i lozim! Inson vujudining nazoratchisi bu - nafs. Insonga 
vujudining ehtiyojini bildirish jihatidan u lozimdir. Ammo bu nafsni o’z holiga tashlab 
qo’yilsa, haddidan oshib ketadi. Ya’ni shahavoti nafsoniya - nafs orzularining chegarasi 
bo’lmaydi, davom etib ketaveradi. Chegaradan chiqib ketganidan keyin insonni 
gunohlarga boshlaydi. Masalan, o’g’irlik qildiradi, birovning nomusiga ko’z olaytiradi, 
tanballikka da’vat etadi, ko’p uxlashga giriftor qiladi, boshqalar ishlasin, men tekinga 
yashayman, deb vasvasaga soladi va shunga o’xshash boshqa gunoh ishlarga chorlaydi. 
Nafsning ushbu holatiga 
nafsi ammora
deb ataladi. U shunday nafski, insonlarni 
yomonlikka amr qiladi... Inson nafsi tarbiyalanmadimi, u albatta, razolatga boshlaydi, 
jaholatga buyuradi. Yusuf surasida: 
«Chunki nafs – agar Parvardigorimning O’zi rahm qilmasa – albatta barcha 
yomonliklarga buyurguvchidir»,
degan oyat bor. 
Nafsning haddan oshib ketayotgan orzularini to’xtatish lozim! Kim to’xtatadi? Bolani 
otasi to’xtatadi: «Futbol o’ynama! Kinoga borma! O’tir, darsingni qil! Tur, uxlama!.. Uy 
vazifasini bajar, keyin tashqariga chiqib o’yna!» va shunga o’xshash. Kimdir uni 
boshqarib turadi. 
Xo’p, bola ulg’ayib kuchli-quvvatli yigit bo’ldi, o’z-o’ziga buyruq beradigan bo’lib qolgan 
bo’lsa, uni kim idora etadi?.. U insonning nafsini kim boshqaradi, tarbiya qiladi? 
Insonning nafsi tarbiyaga muhtoj! Agar nafs tarbiya qilinsa, inson najot topadi. Qaysi 
dalilga ko’ra, qaysi hujjatga ko’ra qutuladi? Alloh taolo bunga javoban Qur’oni karimda 
shunday buyuradi: 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin