Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
14
Ey imon keltirgan – ya’ni bizlarga xitob kelmoqda –
Allohga ishondik, Rasulullohga
ishondik, Qur’onga ishondik degan, «amantu»ni (imonni mufassal) aytgan, ey
musulmon qullar! (Kutiba alaykumus siyamu). Ro’za sizlarning zimmangizga farz qilindi.
(Kama kutiba alallaziyna min qoblikum). Sizdan oldingilarga farz qilinganidek,
sizlarga
ham ro’za farz qilindi (la’allakum tattaqun). Shoyad taqvo ahli – yaxshi
bir musulmon
bo’lsangiz».
Bu oyati karimadan ro’za tutishga qudrati yetgan har bir mo’’minga ro’za tutish farz
ekanligini bilib olamiz. Farzligini tushunyapmiz: chunki (kutiba) «Bo’yningizga yozildi» –
demoqda. Bu bir...
Ikkinchisi: «Sizdan oldingi ummatlarga yozilgani kabi, sizga ham yozildi» – deb
buyurmoqda. Ma’lum bo’ladiki, ro’za tutish bu faqatgina bizga farz bo’lmagan,
bizdan
oldingi ummatlarga ham amr qilingan ekan.
Uchinchidan: «Toki taqvo ahli – yaxshi bir musulmon bo’lsangiz». Demak, ro’za tutgan
odam taqvoga erishishi lozim! Taqvo ahlidan bo’lgan yaxshi bir musulmon bo’lish
kerak!..
Alloh ta’olo yuqoridagi oyati karimalarida bizni taqvo ahli bo’lishga chaqirib «Taqvo ahli
bo’ling!» deb, uning yo’li qanday bo’lishini ham ko’rsatib qo’yibdi. Ha, taqvodor bir qul
bo’lamiz, yomon ishlardan saqlanamiz, odobli, tarbiyali, muborak, komil bir musulmon
bo’lamiz, ammo bunga qanday qilib erishish mumkin?
Uning yo’li va chorasi ro’za tutmoq. «Oldingi ummatlarga farz qilinganidek, sizga ham
farz qilindi, toki siz ham taqvo ahlidek taqvodor inson bo’lsangiz». Demak, asl
musulmon bo’lishning, Alloh taolo sevgan bir taqvodor mo’’min bo’lishning yo’li ro’za
tutmoqdir. Bu oyati karima, taqvo sifatiga erishmog’imiz uchun, bizga ro’za
yordamchi
bo’la olishini ochiq ko’rsatib turibdi.
Aziz va muhtaram birodarlarim! O’zingiz yaxshi bilasiz, inson farzandining bir tanasi
bor... Tanamizda esa, ikki qo’limiz, ikki oyog’imiz,
boshimiz, ko’zimiz, qulog’imiz bor.
Bundan tashqari, ruhimiz ya’ni jonimiz ham bor... Ruh tirikligida bu qosh, bu ko’z, ya’ni
bu badanning qiymati bo’ladi, ammo ruh jasadni tark etishi bilan badan hech narsaga
yaramay qoladi. Bir oz avval gaplashayotgan bir odam vafot etsa,
ruhi chiqib ketsa, endi
gapirmaydi, qimirlayotgan bo’lsa, endi qimirlamay qoladi. Ruh ketishi bilan bu jasadning
qiymati qolmaydi.
Oyati karimalardan yana shuni bilamizki, inson farzandining nafs degan bir borlig’i bor.
Bu nafsning vazifalari nimalardan iborat?
Inson nafsi vujud bilan bog’liq ishlarni bajarish uchun yaratilgan... Ya’ni, badanning
jilovidan
tortib turish, uni boshqarish uchun yaratilgan. Demak, u badanning rahbari.
Nafs nima ish qiladi?.. Masalan, och qolgan vaqtda: «Bor, tez ovqat yegin! Ochlikdan
darmonim qolmadi. Oyoqlarim tolib ketdi, ko’zlarim suzilib ketdi. Tez bir narsa yegin!» –
deya ovqat talab qiladi. Agar suvsab qolsa: «Og’izlarim quridi, lablarim qaqrab ketdi,
ozgina suv top, to’yib-to’yib, mazza qilib ichay!» – deb suvga bo’lgan ehtiyojini bildiradi.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
Agar vujudni ko’proq ishlatib qo’ysa: «Uh, ko’p charchadim.
Agar shunday ketaversa,
ehtiyoj ortib boradi, vujud esa kasalga chalinadi. Biroz dam ol!.. Uxlash kerak!» - deb
vujuddagi ehtiyojlarni talab qiladi.
Nafsning istaklarini
Dostları ilə paylaş: