Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
bilurlar».
Bu farishtalar bajaradigan ishlaringizni yozib turadilar. Insonning shunday bir amal
daftari borki, unga farishtalar insonning yaxshilik va yomonliklarini yozadilar. Insonning
yonidan ayrilmaydigan, a’zolariga, butun vujudiga vazifador farishtalar bor. Uni
yomonliklardan saqlaydigan, amallarini yozadigan farishtalar bor... Yerga, osmonga,
bulutlarga, yomg’irga, shamolga, quyoshga hukm qiluvchi farishtalar bor... Demak,
insonning atrofi farishtalarga to’la ekan. Bo’sh joyning o’zi yo’q! Inson yolg’izman deb
o’ylab, tanholikda qilgan ishlarini atrofdagi mavjudotlar ko’rib turadi. Ularning
hammasini esa Alloh ko’rib-kuzatib turibdi. Shuning uchun inson, uni Alloh ko’rib
turganligini bilib, oxiratga nima yuborayotganligini idrok aylab, diqqat-la harakat qilish
kerak.
Shu bois Alloh taolo:
«Allohdan qo’rqinglar»
– demoqda.
Yana boshqa bir oyati karimada Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Ey mo’’minlar, Allohdan haq-rost qo’rqish bilan qo’rqinglar va faqatgina
musulmon bo’lgan hollaringda dunyodan o’tinglar!»
Hazrati Ali: «Ey Rabbim! Sen men xohlaganimdek Parvardigorsan, senga hamd bo’lsin!
Meni ham O’zing xohlaganing kabi qul qilgin», – deb aytganlar. Alloh xohlaganday qul
bo’lish qanday bo’ladi? Bunday qul taqvo ahli bo’lishi kerak... Taqvodor qul bo’lgandan
keyin Alloh xohlaganidek qul bo’ladi. Bunday zotlarni atrofimizda uchratishimiz mumkin.
Hech kimni ranjitmaydi, qo’lida tasbeh, tilida zikru duo, fe’li go’zal, zarif, shirin so’z,
yaxshilikni sevadigan, farishtadek... Bunday insonlar haqida so’z ketganda: «Bu odam
taqvodordir» – deymiz. Xo’sh, taqvo nima degani o’zi?
Taqvo, bu arabchada saqlanmoq, qo’rqmoq degan ma’noni bildiradi. Arabchadagi buning
asosi «voqaya»dir. Voqaya qilish – degani bu biror narsadan asranmoq, saqlanmoq
degani. Taqvo bu – insonning o’zini harom ishlardan saqlashi va qo’riqlashi. Nimadan
asraydi? O’zini Allohning g’azabidan asraydi. Chunki Alloh taolo – kuch-qudrat sohibi. U
oxiratda insonlarning qilgan amallariga yarasha javobini beradi.
Din so’zi bu yerda, javob-badal ma’nosida kelmoqda. «Alloh insonga amalining
mukofotini, javobini beradigan kun sohibi». Kim nima ish qilgan bo’lsa, javobini u kunda
ko’radi. Badalini ko’rish, qilgan ishiga evazini topadigan kun...
U kunning egasi bo’lganligi uchun Alloh yaxshilarni mukofotlab, yomonlarni jazolaguvchi
zot hisoblanadi. Biz nima qilishimiz lozim? Allohning azobidan saqlanishimiz lozim!..
Chunki Alloh yomonlarni jahannamda azoblab, yoqadi. Ko’zlar ko’rmagan, aqllar bovar
qilmagan qo’rqinchli azobga giriftor qiladi. Shuning uchun ham Uning azobidan saqlanish
kerak.
Hozir ramazon oyidamiz, suhbatimiz ham ramazon haqida. Alloh taolo farz qilgani uchun
ramazon oyi ro’zasini tutamiz. Qaysi oyati karima bilan Alloh ro’zani bizga farz qildi?
Dostları ilə paylaş: