www.ziyouz.com kutubxonasi
12
TAQVO AHLI BO‘LING A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd
bo’lsin. Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor
bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va
uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha
izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!
Alloh taolo Qur’oni karimda buyuradi:
«Ey mo’’minlar, Allohdan qo’rqinglar va (har bir) jon erta (Qiyomat kuni) uchun nimani (ya’ni qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin. Allohdan qo’rqinglar! Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir». Kishi ertaga, oxirat uchun nima taqdim etganiga, oxirat uchun nima yuborganiga
hozirdan qarasin, diqqatli bo’lsin! Oxirat uchun nima ishlar yuborayotganini kuzatsin,
nazorat qilsin!.. Diqqat qilsin... (Vattaqulloh) Allohdan qo’rqing! (Innalloha xabirun bima
ta’malu’n). Alloh jalla jaloluhu siz qilayotgan hamma amallaringizdan xabardor,
hammasini ko’rmoqda, eshitmoqda, bilmoqda».
Darhaqiqat, inson oxirat uchun nima hozirlamoqda? Dunyoda qilgan barcha yaxshi va
yomon amallari oxiratdagi hayotini belgilaydi. Iftorlik bergan bo’lsa, sadaqa, zakot
bergan, masjid qurgan, ro’za tutgan, namoz o’qigan, umraga borgan, haj qilgan, jihod
qilgan, g’ayrat qilgan, ibodat qilgan bo’lsa, bularning savobi qaerga ketadi? Oxiratga
ketadi. Inson dunyodalik vaqtidayoq qilgan amallarini oxiratga yuboradi. Aksincha,
gunoh ishlar qilgan bo’lsa, aroq ichgan, qimor o’ynagan, zulm, haqsizlik, zino,
nomussizlik qilgan bo’lsa, xullas, Alloh sevmaydigan nimaiki ishlarni qilgan bo’lsa, ular
ham hammasi oxiratga ketadi.
Shuning uchun ham Alloh taolo: «Inson bu dunyoda qilgan zarra qadar yaxshiligining
mukofotini oxiratda oladi; zarra qadar qilgan yomonligi ham hisobga tortiladi, oxiratda
jazosini oladi. Oxiratga nima bilan borayotganiga inson farzandi bu dunyoda e’tibor
bersin!» – demoqda. Bu bilan nima demoqchi? «Ey qullarim, ogoh bo’ling! Oxiratga
yaxshi narsalarni yuboring! Oxiratda yuzingizni kuldiradigan, Alloh taolo devonida sizga
qalqon bo’ladigan, sizni ne’matlarga erishtiruvchi amallarni yuboring! Yaxshi amallar
qiling!» – deya buyurmoqda.
Allohdan qo’rqinglar, Alloh qilayotgan ishlarimizdan xabardor! Batahqiq xabardor, o’z
haqqi bilan xabardor! Bunda nima demoqchi: «Alloh barcha qilayotgan amallaringizni
bilib turadi. Unga zid bir ishni qilmang!» – yashirin qilsangiz ham, aslida yashirin ham
qilolmaysiz. Tanho qilsangiz ham aslida tanholikda ham hech narsa qila olmaysiz.
Chunki: