www.ziyouz.com kutubxonasi
84
qaerdan bunaqa gaplarni o’ylab topib, domlani masxara qilasan? Nima uchun uni yerga
urasan?
Birov mening soqolimni, oyog’imdagi kovush-mahsimni ko’rib, shunday savolga tutdi:
«Qori, kel bu yerga! O’tir! Qani gapir-chi, qaerdansan nima ish qilasan? Muazzinmisan,
imommisan?».
«Nafaqaxo’rman».
«Qaerdan nafaqaga chiqding?».
«Universitetdan».
«Qorovulmiding, qahvachimiding, yo choyxonachimiding? Kim bo’lib ishlagan eding?»
«Professor edim, taqsir».
«Ha-a, uzr so’rayman, domla».
«Ey! Sen Allohdan kechirim so’ra! Nima uchun qorini, hofizni, muazzinni, imomni
kamsitasan, past ko’rasan! Bir inson hofiz bo’lsa, osonlikcha hofiz bo’libdimi!»
Shuning uchun, muhtaram birodarlar, mo’’minlarni sevamiz, fosiqlarni esa fisqu fasodlari
uchun yomon ko’ramiz.
«Bunday hazil, latifa to’qima!» – deymiz. Dinni pastga uradigan latifalarni nima uchun
ramazonda, iftorlik dasturxoni atrofida boshqalarga aytib beryapsan? Shunday latifa
ham aytiladimi, gapirishga boshqa narsa topa olmadingmi? Erkak bo’lsang, Sutchi
Imomning qahramonligini tushuntirib ber! Qani, odamlar haqiqatni bilsin!»*.
Shuning uchun «Yaxshilarni sevishlik bilan jannatga kiring!» – deydi Alloh.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam naql qilmoqdalar: Allohning yaxshi qullarini,
abrorni, taqvo ahlini sevasiz. Solih avliyo, muborak qullarini sevasiz. Ular Alloh rizosini
o’ylaganlar, molu dunyoga, mavqe-maqomga, uy-joyga berilmaganlar, bitta ko’ylak
bilan yashab o’tganlar.
Avliyoullohdan biri hajga ketayotgan ekan. Bir shaharchaga yetib kelib, u yerdagi
masjidning ichiga kirib o’tiribdi. Jamoat bilan namoz o’qibdi, undan keyingisini ham
o’qibdi. Tashqariga ham chiqmas ekan. Inson och bo’lsa, tashqariga chiqishga ham hojat
qolmaydi.
Bu odam ham masjidda o’tiraveribdi. Uch-to’rt kun o’tganidan keyin jamoat. «Bu odam
kim? Tashqariga chiqmaydi, yemaydi-ichmaydi. Eng vaqtli kelganimiz ham, eng kech
ketganimiz ham uni masjidda ko’ramiz», – debdilar. Zotan, qoshiqdek kichik shahar .
Biror harakat ro’y bersa, darhol bilinadigan joy. Nihoyat oldiga borib:
«Ey, muborak, sen kim bo’lasan? Insmisan, jinmisan? Na ichasan, na yeysan?» – deb
so’rabdilar.
«Men falonchi yerdan kelgan ojiz birodaringizman», – deb javob qilibdi.
«Ie, bizning uyga yur!» – deb boshlab ketibdilar.
Shunday solihlardan yana biri Madinai munavvaraga – Payg’ambarimiz sallallohu alayhi
vasallamning masjidlariga kelibdi. Och-nahor, cho’ntagida pul yo’q, kallada esa ilm bor.
Turibdi, turibdi, turibdi. Issiqlik toqatini toq qilibdi. Ko’zini yumibdi-da: «Yo Rasululloh!
Men sizning ziyoratingizga keldim, sizning mehmoningizman, ochman», – debdi.
Holsizlanib, kuchsizlikdan cho’zilib qolibdi. Birozdan keyin kimdir yelkasiga uribdi-da:
«Tura qol, ey muborak!» – debdi. Qarasaki, sayyidlardan birisi. Qiyofasidan, sallasidan
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning naslidan ekanligi ma’lum. U tushida
Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni ko’ribdi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: