www.ziyouz.com kutubxonasi
83
sevgani bilan halok bo’ladi, yo’q bo’ladi.
– Taqsir, men falonchi artistni juda ham sevaman! Grata Karlaning sochlarini, Grey
Keyvirning mo’ylovini, Jeyms Bondning... va boshqalar.
– Bo’lmaydi!..
– Inson kimlarni sevadi?
– Sevgisi foyda beradigan jannatiy kishilarni sevadi! Chunki inson oxiratda sevgan
kishisi bilan birga tiriladi, sevganining oldiga boradi. Oqibat u bilan birga bo’ladi.
Yaxshilarni sevgan, ularga muhabbat qo’ygan, ular bilan do’st bo’lgan kishi,
yaxshilarning yoniga borishga ilhaq bo’ladi; yomonlarni sevgan kishi, yaxshilarning
orasida bo’lsa hamki, yomonlar orasida bo’lishga intiladi.
Shuning uchun dinimizning eng muhim, har bir musulmon ahamiyat berishi lozim
bo’lgan ishlaridan biri, bu – Alloh uchun sevmoqlik. Alloh uchun yomon ko’rmoqlik. Alloh
uchun Haq do’stlarini, Uning solih bandalarini, xayrparvar, saxovatpesha, fozilu komil
insonlarni sevish lozim: Alloh uchun yomonlik qiladigan, yomon qullardan esa
yiroqlashish lozim!
«Agar bir inson birorta fosiq yoki fojir kishiga (Ya sayyidi!). «Ey do’stim!» – desa, Arshi
a’lo titraydi», – deydilar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Arshi A’lo nima
uchun titraydi? «Ey voh juda ham yomon ish qildi bu odam! Hozir Allohning bir g’azabi
keladi, juda ham yomon bo’ladi!» – deb titraydi. Fosiqlarga iltifot ko’rsatilmaydi.
Fisqu fujur ahliga nasihat qilish lozim! «Bu qilganing to’g’ri emas!» – deb tanbeh berish
kerak. Uning ishini olqishlamaslik kerak! Bunday kimsalarni mo’’min sevmaydi ham,
unga tabassum ham qilmaydi, qarab ham qo’ymaydi. Alloh rizosi uchun unga achinadi.
Nima uchun? Alloh rizosi uchun, yomonlik tarqalmasligi uchun. Toki o’sha badbaxt
«Falonchi menga kuldi, ma’qul ko’rdi meni», – demasin.
Islomda hubbun filloh bor – Alloh uchun sevmoq, bug’zun filloh bor – Alloh uchun
sevmaslik. Otasi, farzandi, do’sti, birodari bo’lsa ham biror yomonlikni bajarsa... «Yo’q,
yo’q, bu bo’lmadi! Bu qilganing to’g’ri emas!» – deyish lozim!
Latifalar aytadilar: «Taqsir, domla unday qildi, bunday dedi... Shuni qildi...». Domla
latifa mavzusi bo’lmaydi, sen buni tark et! Sen din dushmanimisan? Sen dinni
yomonlashni xohlaysanmi? Domlani nimaga latifaga kiritib, kuladigan darajaga
tushirasan? «Falonchi domla shunday dedi, shunday qildi. Dasturxon atrofida
o’tirganimizda shunday yeydi. Taqsir, «O’lik ko’zidan yosh, domla uyidan osh chiqmas
ekan». Chiqmasdan bo’ladimi?
Anqaradagi Hoji Bayram Vali masjidining Zakiy domla degan bir imomi bor edi. Bomdod
namozini o’qidik. Domla jamoatga burilib: «Ey jamoat, hammangizni choyxonaga taklif
qilaman, marhamat, birga ovqat yeymiz!» – dedi. Orqasidan qo’shib ham qo’ydi: «Qani,
ko’raylik-chi, o’lik ko’zidan yosh chiqadimi-chiqmaydimi, imom uyidan osh chiqadimi-
chiqmaydimi!» – dedi.
Bu qora dog’ni domlalarning peshonasiga kim chapladi? Shu qadar saxiylik qiladi, g’ayrat
ko’rsatadi, din uchun fidokorlik qiladi, mashaqqat chekadi. Sen tijorat qilasan, pul
yig’asan, u esa bu yerda Qur’oni karim o’rgataman, deb harakat qilib yotibdi. Sen