Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
80
Ha, 1400 yil muqaddam barcha dardlarning davosi bo’lmish Islom ne’mati, islom dorisi
kelgan edi. Ba’zilar unga qarshi chiqdilar, ammo vaqtlar o’tib, botil yo’qolib, haqiqat
yuzaga
chiqqach, insoniyat Islomning haqiqiy mohiyatini tushunish yo’liga kirib
bormoqda. Sharqu g’arb, shimolu janubning ko’plab mutafakkirlari, tadqiqotchilari
musulmon bo’lishyapti. Bir paytlar betaraf bo’lgan professoru faylasuflar, yozuvchiyu
siyosatchilar, buyuk olimlar islomga kirishyapti.
Chunki har narsaning asrorini, avvalu
oxirini, eng chiroylisini Alloh taolo biladi. Dunyoni va bashariyatni yaratgan zot,
insoniyatning dard-muammolariga qanday davo lozimligini biladi va o’rgatadi. Anglagan
va bundan unumli foydalangan inson shifosini topib,
dunyo va oxirat saodatiga
erishmoqda.
Anglab yetmagan ham u deb, bu deb oxiri qiynalib bo’lsa ham tan olayotir. Faqat bu tan
olish ajali yaqinlashib, ko’zidan pardalar ko’tarilib, har narsaning haqiqatini ko’rish
holatiga kelgan paytda ro’y bermasin. Fir’avnning imoni kabi bo’lmasin.
Fir’avn Muso alayhissalomga qarshi munozarayu mujodala qildi. Uni ta’qibu tazyiqlariga
duchor etdi. Muso alayhissalomning ashoblarini qirish uchun ular ortidan qo’shin jo’natdi.
Ular ashobni Dengiz qirg’og’iga qadar quvib kelishdi. Muso alayhissalomning ashoblari
orqalariga qarasalarki, Fir’avnning qo’shinlari
dahshat solib kelishyapti, oldilarida esa
dengiz.
Dostları ilə paylaş: