www.ziyouz.com kutubxonasi
78
Agar gunoh qilgan kishini boshqalar gapirib yursa, «Falonchi shu gunohni qildi. Qanday
yomon, uyatsiz!» – desa, uni g’iybat qilgan bo’ladi va ular ham gunohga botadilar.
Gunohni gapirganlar ham gunohkor bo’ladilar. Bir-biri bilan gaplashib, birovning
g’iybatini qilganligi uchun, aybini ochganligi uchun, ular ham gunohga botadilar.
Birov qilgan gunohga rozilik bersa, joiz desa, «Qilaversin, menga nima? Men
bo’lganimda, men ham qilardim!» – desa, yoxud uni ma’qullasa, unda qatnashmagan
bo’lsa ham, roziligi sababli ishtirok etgandek gunohga sherik bo’ladi, bu juda yomon
holat.
Masalan, mikroavtobusda ketayapmiz, biri aytyapti:
«Hoy, eshitdingmi? Falonchi dindor odam farzandiga to’y qilib, ichkiliklarni tarqatibdi».
Unisi esa:
«Qilsa nima bo’libdi, o’zi bittagina o’g’li bo’lsa, men ham shunday qilgan bo’lardim!». –
deydi. Mana shu: «Men bo’lganimda, men ham shunday qilardim», so’zi bilan, u ishni
qilmasa ham rozilik bergani uchun mikroavtobusda turib, unga sherik bo’ldi. U ham
gunohga botdi.
Ko’ryapsizmi, gunoh zararining doirasi naqadar keng. Gunoh qiluvchining zarari ota-
onasiga, jamiyatga yetadi... Ayblaganga, qilgan gunohini orqasidan gapirganlarga, rozi
bo’lganga – hammasiga zarari bor. Shunday bo’lsa, nima uchun bu aqlli musulmon
gunohlarga qo’l uradi? Alloh taolo inson farzandiga aql bermadimi? Yaxshi-yomonni
o’lchaydigan tarozisi, muhokama qobiliyati yo’qmi? Insonni taajjublantiradigan narsa...
Alloh taolo bizlarni Haqni ko’rib, Haqqa ergashadiganlar zumrasidan qilsin! Botilni ko’rib,
o’zini tutadiganlardan aylasin!
«Yo’l ozig’ini ko’p ta’minlab oling, chunki boradigan yo’l juda ham uzoq!».
markablaringiz (minadigan narsalaringiz)ni yangilab oling; chunki dengiz chuqur.
Amalni xolis qiling, chunki sizni tanqid ko’zi bilan ko’ruvchi, yaratgan Parvardigor
hamma narsani juda yaxshi ko’rib turibdi. Binobarin, niyatingdagi buzuqlikni chiqarib
tashla. Ishingni ixlos bilan bajar!
Fosiqlarni, fojirlarni sevmasdan, o’zingni jahannamdan uzoqlashtir! Allohning abror, xos
va xolis qullarini sevish bilan jannatga kir!