Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
81
– deb Fir’avnning ayanchli ahvolidan xabar beriladi.
Shuning uchun har bir inson hayoti dunyoda uyg’onsin, ko’zini ochsin. Solih amallar
qilsin. Alloh taolo rozi bo’ladigan ishlarni bajarsin va Uning huzuriga komil imon bilan
borsin, yuzi yorug’ bo’lsin, rahmati ilohiyga erishsin. Buning uchun esa inson taqvoni
shior qilib olishi lozim!
Qur’oni karim va Islomning amru ta’qiqlari tadqiq etilsa, ularning barchasi insonga,
uning nas-liga, moliga, ruhiga, diniga foydalidir. Alloh tomonidan joriy bo’lgan u amru-
taqiqlar insonni dunyo va oxirat saodatiga erishtiradi. Ularga bashariyat guvoh
bo’lganliklari uchun ham imon keltirmoqdalar.
Demak, Ramazon ro’zasi ham bizni saodatga eltuvchi, sabrga, taqvoga o’rgatuvchi
oydir. Bir oy ertalabdan kechgacha nafsimiz bilan kurashamiz, ro’za tutib,
tarbiyalanamiz. Kechasi ertalabgacha tarovih namozlarini o’qiymiz. Qur’on tilovat
qilamiz, tahajjud namozlariga turamiz. Kechalari qiyom, kunduzlari siyom bilan birga,
boshqa qator ibodatlar, amrlar insonning taqvoni o’rganishiga qaratilgan.
Taqvo – insonning o’zini Allohning azobidan, jahannamidan qo’riqlashidir.
Dostları ilə paylaş: