3-Mavzu : Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi


Byudjetga noto`g`ri yoki ortiqcha kelib tushgan to`lovlarni boshqa to`lovlar



Yüklə 278,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix16.12.2023
ölçüsü278,91 Kb.
#181983
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
3-ма\'ruza

Byudjetga noto`g`ri yoki ortiqcha kelib tushgan to`lovlarni boshqa to`lovlar 
hisobiga o`tkazilishi va ularni qaytarilishi hisobi
 
Byudjetga noto`g`ri yoki ortiqcha kelib tushgan to`lovlar summasini kelgusi 
yoki boshqa to`lovlar hisobiga o`tkazish hamda uni qaytarib berish amaldagi 
qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjetga noto`g`ri yoki ortiqcha 
to`langan summalarni qaytarilishi bo`yicha ularning arizalari tegishli soliq 
organiga kelib tushadi. Soliq organi to`lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi 
ma’lumotlarga asosan to`lovchining arizasida ko`rsatilgan to`lov bo`yicha 
to`lovchi tomonidan noto`g`ri yoki ortiqcha to`langan summaning mavjudligi 
to`g`risida xulosa beradi. Bu xulosani soliq organlari byudjetdan qaytarish yoki 
uni kelgusi to`lovlar hisobiga o`tkazish to`g`risida qaror qabul qilish uchun Moliya 
organiga taqdim еtadi. 
Jarima solish huquqiga еga bo`lgan organlardan byudjetga kelib tushgan 
jarimalarning noto`g`ri yoki ortiqcha to`langan summalari ham to`lovchiga g`azna 
hisobvarag`idan Moliya organining to`lov topshiriqnomasi bo`yicha qaytariladi. 
Bunda jarima solgan organ tomonidan tegishli Moliya organiga to`lovchining 
yozma arizasini hamda byudjetga jarima summalari to`langanligini tasdiqlovchi 
hujjatni va to`langan jarima summasini qaytarish uchun asos bo`lib hisoblanadigan 
boshqa hujjatlarni taqdim еtadi. Moliya organi tomonidan g`azna hisobvarag`idan 
faqat byudjet hisobiga o`tkazilgan summalarnigina qaytarish to`g`risida ko`rsatma 
beriladi xolos. Jarima to`lagan to`lovchi tomonidan to`langan jarima summasi 
bilan Moliya organi tomonidan byudjet hisobidan qaytarilayotgan summa 
o`rtasidagi farq summani qaytarish jarima solgan organlarning mablag`lari 
hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Boshqa organlar (Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat 
o`rmon qo`mitasi va boshqalar) orqali byudjetga kelib tushgan ortiqcha 
summalarni qaytarish to`lovchining yozma arizasi va Yuqorida ko`rsatib o`tilgan 
organlar tomonidan berilgan ortiqcha to`lov to`langanligini tasdiqlovchi hujjatlar 
asosida amalga oshiriladi. Ortiqcha tushgan daromadlarni to`lovchilarga qaytarib 
berish Moliya organlarining tegishli bo`limlari tomonidan amalga oshiriladi.


Moliya organining rahbari tomonidan tasdiqlangan daromadlar bo`yicha 
summalarni qaytarish yoki boshqa to`lovlar hisobiga o`tkazish to`g`risidagi xulosa 
g`aznachilik organiga ijro еtilishi uchun taqdim еtiladi. G`aznachilik organi 
tomonidan daromadlar bo`yicha summalarni qaytarish yoki boshqa to`lovlar 
hisobiga 
o`tkazish 
to`g`risidagi 
taqdim 
еtilgan 
hujjatlarning 
to`g`ri 
rasmiylashtirilganligini tekshiriladi va byudjet daromadiga noto`g`ri yoki ortiqcha 
o`tkazilgan summani qaytarish yoxud kelgusi yoki boshqa to`lovlar hisobiga 
o`tkazishga doir tegishli to`lov topshiriqnomasi tayyorlanadi. 
Bo`lim tomonidan taqdim еtilgan to`lov topshiriqnomasi asosida byudjetga 
noto`g`ri yoki ortiqcha to`langan mablag`lar soliq to`lovchiga qaytariladi yoxud 
kelgusi yoki boshqa to`lovlar hisobiga o`tkaziladi. 
Ortiqcha o`tkazilganlarni qaytarish va ortiqcha to`langan summalarni boshqa 
soliqlar va yig`imlar bo`yicha boqimandalar hisobiga o`tkazib berish g`azna 
hisobvarag`idan еmas, balki 23402-tranzit hisobvaraq orqali amalga oshirilishi 
sababli g`aznachilik organi bu operasiyalarga byudjet ijrosiga doir buxgalteriya 
provodkalarini tuzmaydi. Soliqlar va yig`imlarni to`lashdan tranzit hisobvarag`iga 
joriy kun davomida kelib tushgan mablag`lar etarli bo`lmagan holda, g`aznachilik 
organi tomonidan bankka taqdim еtilgan to`lov topshiriqnomalarini kelib tushgan 
mablag`lar doirasida qisman bajarishga ruxsat beriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga o`tkaziladigan 
ortiqcha to`langan summalarni qaytarish soliq to`lovchining yozma arizasiga 
asosan, to`lov topshiriqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Ortiqcha to`langan 
summalarni qaytarish muddati, Yuridik va jismoniy shaxslarning byudjetga 
to`langan ortiqcha summalarni qaytarish bo`yicha arizasi soliq organiga kelib 
tushgan kundan boshlab o`ttiz kundan oshib ketmasligi kerak. Ortiqcha to`langan 
soliqlar va to`lovlar summalarini fuqarolarga qaytarish, mazkur fuqarolar 
tomonidan bankda ochilgan maxsus hisobvaraqlarga o`tkazish yo`li bilan amalga 
oshiriladi. Ortiqcha o`tkazilganlarni qaytarish va ortiqcha to`langan summalarni 
boshqa soliqlar va yig`imlar bo`yicha boqimandalar hisobiga o`tkazib berish 
g`azna hisobvarag`idan еmas, balki 23402-tranzit hisobvaraq orqali amalga 
oshirilishi sababli g`aznachilik organi bu operasiyalarga byudjet ijrosiga doir 
buxgalteriya provodkalarini tuzmaydi 
Agarda qaytariladigan yoki boshqa soliqlar va yig`imlar turlari bo`yicha 
boqimandalar hisobiga o`tkaziladigan summa har bir alohida operasiya bo`yicha 
еng kam ish haqining 25000 baravari miqdoridan oshmagan holda amalga 
oshirilsa, tuman (shahar) g`aznachilik organlari bu haqda Yuqori g`aznachilik 
organlarini yozma ravishda xabardor qilishlari kerak. Agar qaytariladigan summa 
har bir alohida operasiya bo`yicha еng kam ish haqining 25000 baravari 
miqdoridan ko`p bo`lgan holda g`aznachilik organ bu haqda O`zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligini yozma ravishda xabardor qilishi shart. 
Qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha nolь stavkasini qo`llash natijasida xo`jalik 
Yurituvchi sub’ektlarda yuzaga kelgan salbiy farqni qaytarish O`zbekiston 
Respublikasi AdliYa vazirligida 2005 yil 22 martda 1460-son bilan ro`yxatga 
olingan «Xo`jalik Yurituvchi sub’ektlarda qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha nolь 


stavkasini qo`llash natijasida yuzaga kelgan salbiy farqni qoplash to`g`risida»gi 
nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Daromadlarni 
qaytarish 
to`g`risidagi 
soliq 
organlarining 
xulosalari 
g`aznachilik organiga 3 nusxada taqdim qilinadi. Xulosalar ularning kelib tushish 
tartibiga qarab raqamlanadi. Tegishli mahalliy byudjetdan daromadlarni qaytarish 
to`g`risidagi xulosalarning birinchi nusxalari g`aznachilik organida qoladi va 
memorial orderga ilova qilinadi. Xulosalarning ikkinchi nusxalari to`lov 
topshiriqnomalari bilan birga tegishli bankka beriladi. Xulosalarning uchinchi 
nusxalari to`lov topshiriqnomasining tartib raqami, sanasi va summasi ko`rsatilgan 
holda to`lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga yozuv qilish uchun va belgilangan 
tartibda saqlash uchun xulosalarni taqdim еtgan soliq organlariga qaytarib beriladi. 
Daromadlarning qaytarilgan summalariga g`aznachilik organida quyidagi 
buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 040-«Byudjetlar daromadlari» subschyoti; 
Kredit 010 – «Respublika byudjeti mablag`lari» subschyoti yoki 
Kredit 011-«Mahalliy byudjet mablag`lari» subschyot.
Daromadlarning
qaytarish byudjet daromadlari tasnifining hisobga 
o`tkazilgan bo`linmasi bo`yicha, agar boshqa hol qonunchilikda ko`zda tutilmagan 
bo`lsa, amalga oshiriladi. 
O`tgan yilda byudjetga ortiqcha tushgan to`lovlar, ularning bekor qilinishi 
natijasida joriy yilda bunday to`lovlarni kelib tushishi ko`zda tutilmagan
summalar byudjet daromadlari tasnifining 12-«Yig`imlar va har xil soliq 
bo`lmagan daromadlar» bo`limining 25-«Boshqa tushumlar» paragrafining 
bo`yicha tegishli mahalliy byudjetning daromadlari hisobidan hamda respublika 
byudjetining daromadlari hisobidan qaytariladi. 
YAngi joriy qilingan soliq yoki yig`imlar o`rniga, avval amal qilgan soliq va 
to`lov bo`yicha byudjetga ortiqcha to`langan summalar qaytarish imkoni 
bo`lmagan hollarda mazkur ortiqcha to`langan summa: 

Yüklə 278,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin