299
hamda fermer xo„jaliklariga bank xizmat ko„rsatishi va moliyaviy qo„llab-
quvvatlanshni yaxshilash uchun chet ellik investorlarni jalb qilgan holda EIHda
mintaqaviy rivojlanish banki (Saxalin rivolanish banki) tashkil etildi. Hududda neft
va gaz, qimmatli metalla rva boshqa tabiiy resurslarni qidirish va ishlab chiqish EIH
“Saxalin” ma‟muriyati tomonidn tartibga slinadi. Bank va sug„urta sohalarida, chet el
investitsiyalarini jalb qilgan holda qushma korxona tuzishga ruxsat berilgan.
Yoqilg„i-energetika va mineral xomashyo resurslar konlaridan foydalanish bilan
bog„lik xo„jalik faoliyati litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
“Saxalin” EIH baliq ovlash, baliq va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash, gaz va
kimyo, mahalliy va chet el turizmi, mexmonxona xo„jaligiga ixtisoslashuvi lozim.
Saxalin viloyatining “Kuril” subhududida korxona va tashqilotlarga o„zi ishlab
chiqargan mahsulotdan hamda Kuril baliq ovlash tumanida baliq va dengiz
mahsulotlarini ovlash limitlaridan mustaqil foydalanish huquqiga ega. Shuningdek,
ular o„z valyuta tushumini ichki bozorda majburiy sotishdan ham ozod etilgan.
“Kuril” subhududining ixtisoslashuvi: baliq ovlash, baliq va dengiz mahsulotlarini
qayta ishlashdir.
Dostları ilə paylaş: