47
omili sifatida yanada jadal rivojlantirish – ustuvor vazifa bo’lib qoladi»
1
deb belgilab
berdilar.
2009 yilda kichik biznesni yanada qo’llab-quvvatlash vazifasi har qachongidan
ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. CHunki kichik biznes yangi-yangi ish
o’rinlarini yaratib, bizning sharoitimizda ish bilan band aholi daromadining 70
foizdan ortig’ini tashkil etmoqda.
SHu sababli Inqirozga qarshi choralar dasturida kichik biznesni rivojlantirishni
rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit
imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institutsional islohotlarni yanada
chuqurlashtirishni ham o’z ichiga oladi.
Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llab-
quvvatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini ikki barobar
oshirish ko’zda tutilgan. Buning natijasida kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan
kreditlar miqdori yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda.
SHu bilan birga, berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi,
aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12
oydan 18 oyga oshirildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xomashyo va
resurslardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari amalga
oshirildi. Jumladan, birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidli, monopol
mahsulotlar turlari pozitsiyalari 136 tadan 195 tagacha ko’paydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 martdagi 36-sonli
«Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabini hisobga olgan holda birja
savdolariga qo’yish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat
qo’mitasiga monopol mahsulotlarni birja savdolariga majburiy qo’ydirish bo’yicha
vakolat hamda yuqori likvidli tovarlar moddiy balanslariga tegishli o’zgartirish
kiritish bo’yicha imkoniyat berildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining birja savdolarida ishtirok
etish imkoniyatlarini oshirish maqsadida birja xizmatining komission xarajatlari
o’rtacha 25% gacha pasaytirildi va birja savdolarida qatnashish uchun to’lanadigan
garov puli 10% gacha oshirildi.
Tadbirkorlar uchun yengillik yaratish maqsadida quyidagi to’lovlar miqdorini
kamaytirish bo’yicha hujjatlar loyihasi ishlab chiqildi:
-
arxitektura-rejalashtirish topshirig’ini (ART) ishlab chiqishga ketadigan
to’lovlar – 2 martagacha;
-
ekologik ekspertizadan o’tkazish to’lovlari – 20 foizdan 90 foizgacha;
-
turar joylarni noturar joy toifasiga o’tkazish xarajatlari – 9 martagacha;
-
loyihalash hujjatlarini ekspertiza qilish xarajatlari – 2 martagacha.
1
Мамлакатимизни модернизация қилиш ва янгилашни изчил давом эттириш – давр талаби.
Президент Ислом Каримовнинг 2008 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш
якунлари ва 2009 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига
бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2009 йил 14 февраль.
48
SHuningdek, bankda hisob raqami ochish va yopish uchun olinadigan to’lovlar
umuman bekor qilindi.
Dostları ilə paylaş: