Xorijiy investitsiyalar fanidan


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda



Yüklə 421,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/42
tarix16.12.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#182194
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori

11.2.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda 
investitsiya muhitining roli 
 
Kichik biznes iqtisodiyotning shunday sektoridirki, u investitsiya muhitida yuz 
berayotgan deyarli barcha o’zgarishlarga moslashadi. Kichik biznes nuqtai nazaridan 
investitsiya muhitining jozibadorlik darajasini aniqlash uchun butun mamlakat va 
mintaqalardagi iqtisodiy vaziyatni ko’rsatuvchi omillar, iqtisodiyotning bu 
tarmog’iga investitsiyalar kiritish qonunlar va infratuzilmalar bilan qanchalik 
ta’minlanganligi, mintaqada bozor infratuzilmasining rivojlanish darajasi, malakali 
ishchi kuchining mavjudligi, shuningdek, mana shu va boshqa omillar bilan bog’liq 
xatarlar bor yoki yo’qligi g’oyat muhimdir.
Xususiy tadbirkorlikning asosiy xususiyati shuki, uning uchun mintaqaviy 
omillar qoida tariqasida, investitsiyalar jalb etish jarayoniga ta’siri jihatidan ustunlik 
qiladi. Investitsiyaviy muhit tahlilini tarmoqlar bo’yicha olib borish zarurligini 
ko’rsatib o’tish kerak. CHunki, ijobiy investitsiyaviy omillar turli tarmoqlar uchun 
o’ziga xos jihatlarga ega. Ba’zi hollarda bir tarmoqda ijobiy rol o’ynashi mumkin 
bo’lgan omillar boshqa tarmoq uchun salbiy bo’ladi yoki agar muayyan tarmoq 
uchun biron-bir ko’rsatkich yetarli darajada namoyon bo’lsa, shu ko’rsatkpchning 
o’zi boshqa tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun mutlaqo kam bo’lishi 
mumkin. 
O’zbekistonda kichik tadbirkorlik uchun tarmoqlar bo’yicha investitsiya muhiti 
alohida qiziqish tug’diradi. Kichik biznes uchun o’ziga xos ba’zi ko’rsatkichlar 
sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: 
- kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimi va 
infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy ko’rsatkichi; 
- egallab turgan bozor sektorlari bo’yicha (masalan, xizmatlar yoki savdo 
sohasida) raqobatlashuvchi yirik firmalarning mavjudligi va rivojlanish darajasi; 
- mahalliy bank tizimining rivojlanish darajasi va boshqa omillar. 
Kichik korxonalar o’zlariga xos xususiyatlar tufayli investitsiya resurslarini jalb 
etish uchun xizmat qiladigan ko’p sonli manbalarning ayrimlaridangina foydalana 
oladilar. Masalan, shuni qayd etish kerakki, kichik tadbirkorlikdagi ichki moliyalash 
manbalari tadbirkor o’zini o’zi investitsiyalashi uchun beradigan imkoniyatlar yirik 
firmalarning imkoniyatlari darajasida emas. SHunga qaramay, bu manbalardan kichik 
tadbirkorlikda foydalanish sezilarli samara berishga qodir bo’lib, jalb etish 
samaradorligi jihatidan bir qancha afzalliklarga ega. SHunday qilib, investitsiya 
resurslarini shakllantirishning qulay manbalari sonini ko’paytirish hamda mavjud 


45 
manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish hozirgi vaqtda, birinchi navbatda, 
kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tuzilmalarining muhim 
vazifasi bo’lib qolmoqda. 

Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin