2.Insonlarning psixologik turlari va ularning ishda, biznesda,
muloqotda namoyon bo'lishi
Har bir odam tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ma`lum jamoada
- oilada yashaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan
munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi hamda uni
o`zgartiruvchi sub`ektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz hamma
kishilarni - normal odamlarni, yangi tug`ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ
degan tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz.
Biz jamiyatda biror foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs deymiz.
Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari
ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan
munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan
munosabatlardagina shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik
jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug`ullanadigan, til orqali
atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil
insondir.
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir.
Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir.
Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar
yig`indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir -
biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa,
maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda
jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi
mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi.
Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan
jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan
belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy
tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan
xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat
bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi.
Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani
hal qilishni oladi:
1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini
aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan ko`ra olish imkonini beradi.
2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi.
Bu qismlarning yig`indisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el
psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy omillarning ta`siri bilan tarkib
topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga ko`rinarli
o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi )
a`zolariga bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan
“endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga
bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil
bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan
“endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq
shaxsning tarkib topishi, tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar
masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday
tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar
shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda
bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish
mumkin ekan.
Shaxs o`zining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda
bo`ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga
ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar
ham o`zaro munosabatda bo`ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib
yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o`zgartirishga
ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon
bo`ladi. XX asr boshlarida yashagan avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini
quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan nasliy yo`l bilan o`tgan
instinktiv mayllarning namoyon bo`lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan
jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo`ladi”. Freyd shaxsning faolligini jinsiy
mayllar bilan bog`laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi
to`g`ri hal qilib beradi. Ularning fikricha, inson shaxsiy faolligining asosiy manbai
uning ehtiyojlaridadir. Odamning ehtiyojlari faollik ko`rsatishga undaydi. ehtiyoj -
shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo`ladigan va uning aniq yashash
sharoitiga bog`liqligini ifodalovchi holatdir. ehtiyojlar paydo bo`lishiga ko`ra,
moddiy (tabiiy) va ma`naviy (madaniy) ehtiyojlarga bo`linadi. Moddiy ehtiyojlarga
uxlash, jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq va sovuqdan saqlanish, uy - joyga bo`lgan
ehtiyojlar kiradi. Ma`naviy ehtiyojlarga kishilarning ijtimoiy ong mahsulotlariga
bo`lgan muhtojligi kiradi. Bunday ehtiyojlarga - o`zaro suhbatlashish, kitob o`qish,
kino - teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi. Biz moddiy
ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar asosida qondiramiz. Moddiy va ma`naviy
ehtiyojlar albatta qondirilishi shart.
Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo`ladi. Qiziqish-
shaxsning oliy nerv faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan
bog`liq bo`lgan munosabatidir. Qiziqishlar moddiy, ma`naviy, salbiy, ijobiy,
davomli, qisqa muddatli bo`ladi. qiziqishlar asosida shaxsning dunyoqarashi va
ishonch - e`tiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz
kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining o`z motivlari bo`ladi. MOTIV - ma`lum
ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar
ehtiyojlar inson shaxsi faolligining moxiyatini tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning
namoyon bo`lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog`liqdir.
SHuning uchun motivlar bir - biridan ehtiyoj turiga qarab farqlanadi. Masalan,
moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar yoki ma`naviy
ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar bo`lishi mumkin. Motivlar
anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam
nimanidir istaydi, ammo o`sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak,
motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi
sabablardir. Xatti - harakatlarning muhim motivi e`tiqoddir. e`TIqOD - shaxsni o`z
qarashlari , tamoyillari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi
anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar ham xatti - harakat motivlari bo`lib, bu
motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo`lmagan yashash va taraqqiy etish
sharoitlarida ehtiyojlar o`z ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan
mayllar orasida eng ko`p o`rganilgan masala ko`rsatma berishdir. Bu masala gruzin
psixologi D.N. Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Ko`rsatma berish
deganda, bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan ehtiyojlarni ma`lum usulda
qondirishga tayyor turish tushuniladi. Masalan, talabalar o`qituvchilar beradigan
topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar.
Shaxsning shakllanishi haqida ikki oqimning fikrini keltirish mumkin.
Biogenetik
yo`nalish
va
sotsiogenetik
yo`nalish.
Biogenetik
yo`nalish
tarafdorlarining fikricha, inson shaxsi va shaxsiy xususiyatlar faqat bitta omil, nasliy
xususiyatlarning ta`siri bilan yuzaga keladi. Ular tashqi muhit va ta`lim - tarbiyaning
rolini tan olmaydilar. Sotsiogenetik yo`nalish tarafdorlari eksperimentlarning
rivojlanishi bilan bog`liqdir. Ushbu yo`nalish asoschilaridan biri Jon Lokk yangi
tug`ilgan bolaning miyasini toza taxtaga o`xshatadi. Go`yoki, uning miyasiga
kattalar xohlagan narsasini yozishlari mumkin. Ular tajribani ikkiga ajratadilar:
tashqi va ichki tajriba. Yo`nalish tarafdorlarining fikricha, tashqi tajriba - bu moddiy
dunyoni narsalarning ta`siridan hosil bo`ladigan bizning sezgilarimizdir. Ichki
tajriba esa ruxning mustaqil harakatidir. Buni refleksiya deb ataydilar. Ular tashqi
tajriba - sezgilar ichki tajriba-refleksiya bir - biriga bog`liq emas, degan fikrga o`tib
ketdilar. Ular shaxsning tarkib topishi faqat ta`lim - tarbiyaning ta`siriga bog`liq deb,
tashqi muhit va biologik omillarning ta`sirini tan oladilar. XIX asrning ikkinchi
yarmida biogenetik qonun degan oqim kirib keldi. Biogenetik qonun biologiyaga
xos bo`lgan ommaviy qonundir. Bu qonunga ko`ra, odam onaning qornidan to
tug`ilguncha ko`p ming yillik evolyutsion taraqqiyotni bosib o`tadi, ya`ni uzoq
evolyutsion taraqqiyot yo`lini qisqa muddatda takrorlaydi. Biologik qonun
namoyondalaridan Myuler va Gekkellar odam tug`ilguncha butun evolyutsion
taraqqiyotni qisqa muddatda takrorlar ekan, tug`ilgandan so`ng to shaxs bo`lib tarkib
topguncha tarixiy taraqqiyotni takrorlaydi, degan fikrni bildirgan.
Inson shaxsining individual (ontogenetik) taraqqiyoti butun insoniyat tarixiy
taraqqiyotining (filogenetik) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlashdir. Ular
o`zlarining nazariyalarini bolalarning turli yosh davrlarida namoyon bo`ladigan
faoliyat turlari orqali tushuntiradilar. Masalan: nemis psixologi V.SHternning
fikricha, yangi tug`ilgan chakaloq odam emas, balki sut emizuvchi hayvondir. U olti
oylikka etganda maymunlar darajasiga etadi, ikki yosh bo`lganda maymunning
odamga aylanish davrini eslatadi. 5 yoshda ibtidoiy poda bo`lib yashagan qadimgi
odamlar darajasiga etadi. 1 - sinfga borganda ibtidoiy jamoatchilik davrini eslatadi.
Kichik maktab yoshida esa o`rtaasrlar davrini eslatadi. YUqoridagi nazariyalar uchta
omilning (irsiyat, muhit, tarbiya) birgalikdagi ta`sirini tushuntirib bera olmadilar.
Shaxsni shakllanishiga ushbu omillar birgalikda ta`sir etadi.
Irsiyat - orqali bolaga nerv tizimi, shartsiz reflekslar, tashqi ko`rinish, irsiy
kasalliklar va layoqatlar utadi.
Ijtimoiy muhit - avvalo oila muhiti bo`lib, bola tug`ilgan kunidan boshlab
odamlar qurshovida ijtimoiy munosabatda bo`lib yashaydi. Shaxs tashqi muhitdan
turli ijtimoiy munosabatlarni o`zining faoliyati orqali singdirib, o`z fe`l - atvoriga
aylantirib boradi. Bolalarning hammasi o`yin faoliyati bilan shug`ullanadi. O`yin
bolalar uchun dunyoni bilish qurolidir. U kattalarning xatti -harakatlariga taqlid
qilish orqali o`ynaydi. Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta`siri kuchli.
Masalan, yangi tug`ilgan bolani hayvonlar orasiga qo`shib qo`yilsa xatti - harakatlari
hayvonlarnikiga o`xshaydi. Bola tili ham ijtimoiy muhitga bog`liq.
Irsiyat orqali ota - onasidan bolaga o`tadigan xususiyatlar yordamchi omil
sifatida ta`sir etadi. Tug`ma layoqatlar nasliy yo`l orqali imkoniyat tarzida beriladi.
Bu imkoniyatlar ma`lum sharoit bo`lgandagina ruyobga chiqadi. Bolaga nasliy,
organizm, shartsiz reflekslar, analizator apparatlari, miya, tashqi belgilar, irsiyat
orqali o`tadi. Demak, inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta`sir qiluvchi
omillarning birinchisi tashqi ijtimoiy muhit, ikkinchisi odamga uzoq muddat
davomida beriladigan ta`lim - tarbiya va uchinchisi odamga tug`ma ravishda
beriladigan nasliy, ya`ni irsiy xususiyatdir. Bundan tashqari shaxsning
shakllanishida shaxsiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Inson o`z - o`zini
tarbiyalash, o`z - o`zini anglash orqali shakllanib boradi.
Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi.
Malakalar bir necha xil bo`ladi (yozish, o`qish, yurish, musiqa chalish, sport va h.
k.) Maqsadni ko`zlab biror ishni bajarish malakaga bog`liq. Malaka deb, avval ongli
bajarilib keyinchalik avtomatlashgan xatti -harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani
qayta -qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va
murakkab bo`lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb
egallash murakkab malaka, mix qoqish, o`tin arralash sodda malaka hisoblanadi.
Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar
ham bo`ladi. Odat kishi qalbiga chuqur o`rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan
harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar.
Odatlar ijobiy va salbiy bo`ladi. Salbiy odatlarga yolg`on gapirish, ichish, chekish
kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv - fiziologik asoslarini shartli
reflekslarning hosil bo`lish mexanizmi tashqil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas,
balki dinamik stereotip tarzidagi, ya`ni takrorlash natijasida mustahkamlangan
shartli reflekslar birlashmasidan iborat. Masalan, bolalar bog`chaga o`rganguncha
qiynaladi, chunki uydagi sharoitga ularda dinamik stereotip bo`ladi. YAngi hosil
qilinadigan malakalar ilgari hosil qilinadigan malakalarga bog`liq bo`ladi. Ilgarigi
malakalar ijobiy ta`sir qilsa malakalarning kuchayishi ko`zatiladi. Masalan, chet
tillardan birontasini o`rgangan odam boshqa bir chet tili o`rganishda qiynalmaydi.
Agar ilgarigi malaka salbiy ta`sir qilsa malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan,
bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o`tsa qiynaladi. Shaxs
shug`ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shug`ullanmasa malakalar sunish hodisasi
ko`zatiladi. Buni malakalarning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning hosil
bo`lish tezligi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog`liq. Masalan, til
o`rganish 4 - 5 yoshda tez o`rganiladi. Hunar egallash 12 - 13 yoshda tez o`rganiladi.
Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, individual xususiyatlarga bog`liq ,
ya`ni asab tizimiga bog`liq bo`ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez,
melanholiklarda sekin hosil bo`ladi. Demak, malakalar inson shaxsining tarkib
topishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Shaxs o`zining individualligida, ijtimoiy
munosabatlarda belgilanadi. Atoqli psixolog K.K Platonov shaxsni “Konkret odam
yoki dunyoni yaratuvchi sub`ektdir”,
Dostları ilə paylaş: |