Kartoshkaning qo’ng’ir chirishi (Ralstonia solanacearum
(Smith) Yabuuchi et al.)
Kartoshkaning qo’ng’ir chirish kasalligi qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar
yetkazish bo’yicha iqtisodiy ahamiyatga ega. Kasallikka moyil ekinlar hosildorligi
bu kasallik ta’sirida 50 % gacha kamayadi.
Evropa, Osiyo, Amerikada,O’zbekiston respublikasi hududlarida uchramaydi.
Tashqi karantin hisoblanadi.
Kasallikni birinchi belgilari odatda gullash fazasida tugunakni dastlabki
shakllanishi davrida paydo bo’ladi. Bu vaqtda o’simlik to’satdan so’liydi, barglari
sarg’ayadi, burishadi va osilib qoladi. Ba’zan bitta shoxi quriydi, ammo
qurishjarayoni tez boradi, ba’zi bir quriyotgan shoxlar sekin-asta qo’ng’ir tusga
kiradi. Ildizning pastki qismi yumshoqlanib boradi va chiriydi.
Kasallik qo’zg’atuvchini o’simlikka kirib borishi ildiz tizimi va qo’shimcha
ildizlarning hosil bo’lishi vaqtida sodir bo’ladi. O’simlikka tushgan bakteriya
tezda ko’payadi va tomirlarni to’ldirib boradi. Natijada yo’llari to’lib qolgan
o’simliklar tezda so’liydi.
YAngi regionlarda kartoshka va manzarali o’simliklar orqali tarqalishi
mumkin. Lekin tabiiy tarqalishi sekin boradi va bunda organiq hollarda sodir
bo’ladi. Kasallikni asosiy manbai zararlangan tuproq, latent infektsiyalarni kelib
qolishi, begona o’tlar, o’simlik qoldiqlari, ituzumdosh va yovvoyi o’simliklar,
sug’oriladigan joylardagi suvlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: