Kasallikka qarshi kurash choralari. Kasallikka qarshi kurashda sog’lom,
yuqori reproduktsiyaga ega bo’lgan navlarni ekish va vegetatsiya davrida karantin
choralariga amal qilgan holda fitosanitariya nazoratini kuchaytirish.
Sug’orishni o’z vaqtida o’tkazish. Qator oralariga ishlov berishda himoya
zonasiga e’tiborni kuchaytirish.Begona o’tlarga qarshi kurash choralarini olib
borish.
Lavlagining kumush rang dog’lanishi (Corynebasterium betae) Bu kasallik yevropa, ko’proq Angliyada keng tarqalgan. Lavlagi kumushrang
dog’lanishi bilan o’simlikning barcha organlari kuchli kasallanish xususiyatiga
ega. O’simlik kasallanganda bargida, poyasida, hatto ildizmevasida namoyon
bo’ladi. O’simlik barglarining chetlarida, barg tomirlarining atrofida kumushrang
dog’lar paydo bo’ladi. Natijada dog’lar butun barg yuzasini qoplab oladi, barg
plastinkasi semiradi, g’adir-budur bo’lib, dog’larda teshikchalar hosil bo’ladi, ko’p
o’tmay qurib qoladi 20-rasm.
Lavlagining kumushrang dog’lanish kasalligini
e ubakteriya (Eybacteriae) sinfi,
eubakteriales (Eybacteriales) tartibi,
mikobakteriya (Mycobacteriaceae) oilasiga kiruvchi, Corynebasterium betae
bakteriyasi keltirib chiqaradi. Ular tayoqchasimon uchlari aylanasimon xivchinsiz
bo’lib, spora olish xususiyatiga ega bo’lmaydi. Kasallik tarqatuvchi patogen asosan
urug’da va qurib qolgan barg qoldiqlarida 3 yilgacha hayotchanlik qobiliyatini
saqlab qoladi. Bakteriya havo harorati 20-25
0
S da yaxshi rivojlanadi.
Kasallikka qarshi kurash choralari: Almashlab ekishni to’g’ri joriy etish.
Kumushrang dog’lanish bilan kasallangan maydonlardan urug’lik manbai
tayyorlamaslik va yil davomida tabiiy zararlangan maydonlardagi lavlagi
o’simligiga fitoekspertiza choralarini olib borish zarur.