So‘zlashuv nutq uslubi. Nuqiy kompetentlikka rioya qilish. Sohaga oid ilmiy mavzuning og‘zaki taqdimoti


Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil



Yüklə 103,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü103,04 Kb.
#183019
1   2   3
o\'zbek tili 11\'12,13

Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil 
qilish. 
Ozbek tilshunosligida publisistik uslub T.Qurbonov tomonidan maxsus organildi17. 
Bu uslub OAV, xususan, gazeta, jurnal, radio, televideniye material-lari uslubidir. 
Tilshunoslik va jurnalistikada “publisistika janrlari”, “gazeta janrlari” terminlari 
hozirgi vaqtda kam ishlatilmoqda. Adabiyotshunoslikda ham “publisistika janrlari” 
terminining qollanishi mustahkam ornini egallagan. Lekin ozbek tilshunosligida 
“gazeta janrlari” termini hozirgacha ozining aniq ifodasini, obyektini topgan emas, 
u “publisistika janrlari” termini bilan birga parallel qollanmoqda. Yana bir muammo 
shundaki, gazeta materiallari janrlar boyicha aniq oz tasnifiga ega emas. Ozbek 
tilshunosligi va jurnalistikasidagi mavjud adabiyotlarda ular turlicha miqdorda 
umumiy tarzda sanaladi, xolos. Gazeta materiallarini janrlar boyicha guruhlarga 
ajratish e’tibordan hamon chetda qolib kelmoqda. 
Rus tilshunosligida gazeta materiallari janrlari boyicha aniq tasnifiga ega24. Ozbek 
vaqtli matbuotida ham XX asr boshidan janrlar yuzaga keldi. Vaqtli matbuot 
rivojlanishi bilan janrlarning oziga xos xususiyatlari, farqli tomonlari, yangi turlari 
paydo boldi va taraqqiy etdi. Janrlar haqida fikr yuritilganda, ozbek tilshunosligida 
“publisistik janr” deyiladimi yoki “gazeta janri”mi, bundan qat’iy nazar, ularning 
miqdori, toliq turlari haqida aniq tasnif yoqligi bu sohadagi ishni ancha 
murakkablashtirdi. 
“Gazeta tili”, “Gazeta janrlari uslubiyati” maxsus kurslari dasturi hamda “Jurnalistik 
ijod nazariyasi va amaliyoti (janrlar)” kursi dasturida gazeta janrlari va ularning 
tasnifi keltirilgan. Ularda ozbek tilshunosligida “gazeta janrlari”ning belgilab 
berilganligini, janrlar tasnifidagi ba’zi turli xilliklarga qaramasdan, bu sohaga bir 
muncha aniqliklar kiritilganligini alohida ta’kidlash lozim25. 
T.Qurbonov tadqiqotlarida publisistik uslub janrlari ajratib korsatilgan26. U 
publisistik uslubning quyidagi janrlarini qayd etgan: xabar, reportaj, korrespon-


densiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola, 
ocherk, felyeton, pamflet, lavha, partiya va hukumatning direktiva va qarorlari, 
axborot, turli sharhlar, taqriz, ijtimoiy-siyosiy esse, ochiq xat, xalqaro xabar, 
chaqiriq27. 
S.Muhamedov gazeta publisistikasi tarmogi – gazeta publisistikasi janri sifatida 
quyidagilarni korsatgan: reportaj, hisobot, intervyu, korrespondensiya, maqola, 
sharh, obzor, taqriz, matbuot obzori, ocherk, felyeton, pamflet, lavha28. 
Ozbek badiiy publisistikasining xususiyatlari togrisida qator tadqiqotlar yaratgan 
O.Togayev xat, ocherk, felyetonni badiiy publisistika janrlari sifatida baholagan edi. 
U oz tasnifida badiiy publisistik janrlar (xat, ocherk, felyeton) bilan birga ijtimoiy-
analitik yoki informatsion-analitik (korres-pondensiya, maqola, reportaj) 
publisistika janrlarini ajratib korsatadi. Olimning janrlarni alohida belgilariga qarab 
guruhlarga bolishi, ayniqsa, e’tiborga molikdir29. 
Felyeton janrining tarixi, uning ozbek matbuotida shakllanishi, taraqqiyoti haqida 
maxsus fikr yuritilgan tadqiqotda, u “matbuot janri”, “satirik janr”, “satirik-
publisistika janri” terminlari ostida baholangan. Orni bilan “adabiy va badiiy 
publisistika janrlari” termini ham qo`llanilgan. 
“Matbuot janrlari” sifatida informasion janrlar, korrespondensiya, oddiy tanqidiy 
maqola, bosh maqola, umum-siyosiy nazariy maqola, reportaj kabilar ham ajratib 
korsatilgan. Tadqiqotchi turli terminlarni qorishiq (aralash) holda qollagan bolsa-
da, felyeton janri-ning xususiyatlarini, asosan, matbuot janri sifatida, gazeta va 
jurnal-lar materiallari asosida yoritib bergan. Bu esa, matbuot janri, xususan, gazeta 
janri haqida alohida, badiiy publisistikadan farqli tarzda, mulohaza yuritish 
mumkinligini ham korsatadi30. 
A.Boboyeva “gazeta janrlari” mavjudligini tan olgan holda, axborot janrini ajratib 
korsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan 
terminlari ham (“ijtimoiy-publisistik”, “badiiy-publisistik”) diqqatni tortadi31. 


Keyingi paytlarda ozbek tilshunosligida “gazeta tili”, “gazeta uslubi”, “gazeta 
janrlari” tushunchalari tobora mustahkam orin egallamoqda. I.Toshaliyev “gazeta 
janrlarining 
tasniflanishi 
va 
guruhlanishi”ni 
quyidagicha 
belgilaydi: 
“Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) 
janrlar”. U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), 
korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz 
(tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) 
kabilarni oz tasnifida qayd etgan32. 
G.Gafurov “publisistik janrlari” va “jurnalistik janrlar” terminlarining ma’nodosh 
ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: “1) Axborot janrlari: xabar, 
suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot-tahliliy janrlar: korrespondensiya, 
maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, matbuot sharhi. 3) Badiiy-publisistik janrlar: 
ocherk, felyeton, satirik janrlar, esse, lavha”33. 
Matbuot, jumladan, gazetaning xarakterli xususiyatidan kelib chiqqanda, uning 
asosiy vazifasi informasiya (axborot) berish va badiiy-publisistik vositalar orqali 
obrazli tarzda ta’sir etish hamda boshqalardan iborat. Tadqiqotchilar matbuotning 
vazifasi va ifoda usullari hamda shakllaridan kelib chiqib, janrlar haqida gapirganda, 
“informasion” yoki “axborot” janrlari, “badiiy-publisistik janr”, “analitik janr” 
terminlarini ishlatganlar. 
A.Abdusaidov tadqiqotlarida gazeta tili quyidagicha tasnif asosida organilgan: 1. 
AXBOROT (INFORMASION) JANRLARI. 1. Xabar: xronika-xabar, axborot-
xabar, tanqidiy yoki satirik xabar, maxsus sarlavhalar ostidagi qisqa xabarlar, 
kengaytirilgan xabarlar. 2. Reportaj: shu kungi voqealar haqidagi reportaj, mavzuli 
reportaj, muammoli reportaj. 3. Hisobot: oddiy hisobot, tahliliy hisobot, mavzuli 
hisobot, muammoli hisobot, ilmiy hisobot, sud hisoboti, rasmiy voqyealar haqidagi 
hisobot. Intervyu: intervyu-monolog, intervyu-dialog, intervyu-lavha, portret-
intervyu, davra-suhbat, matbuot konferensiyasi (2-jadval). 


TAHLILIY 
(ANALITIK) 
JANRLAR: 
1. 
Korrespondensiya: 
axborot 
korrespondensiya, tahliliy korrespondensiya, muammoli korres-pondensiya, ijobiy 
korrespondensiya, tanqidiy korrespondensiya, portret korrespondensiya, 
mulohaza-korrespondensiya. 2. Maqola: bosh maqola, nazariy maqola, muammoli 
maqola, tanqidiy maqola, tashviqot xarakterdagi maqola, ilmiy-ma’rifiy maqola. 3. 
Taqriz. 4. Sharh: umumiy sharh, mavzuli sharh, axborot sharhi, matbuot sharhi. 5. 
Obzor: mavzuli obzor, umumiy obzor, axborot obzor. 6. Xat: gazetxon xati, ochiq 
xat, murojaat, tabrik, yozuvchi xati. 7. Kuzatish: umumiy kuzatish, mavzuli kuzatish 
(3-jadval). 
III. BADIIY-PUBLISISTIK JANRLAR.1. Lavha. 2. Ocherk: ocherk-portret, (yol ocherki), 
muammo-ocherk, ocherk-lavha. 3. Felyeton: hujjatli felyeton (4-jadval). 
Publisistik uslubga amal qilinadigan manbalar orasida, ayniqsa, matbuot, ya’ni 
gazeta va jurnallarning alohida orni bor. Ozbek tilshunosligida gazeta tilini tadqiq 
etish boyicha qator tadqiqotlar yaratilgan. A.Abdusaidovning «Jurnalist-ning tildan 
foydalanish mahorati» nomli monografiyasida gazeta tilini organishga doir 
adabiyotlar obzori keltirilgan 
Unda korsatilishicha, ozbek tilshunosligida gazeta leksikasi, vaqtli matbuotda 
baynalmilal soz va terminlar qollash, «Mushtum» jurnali leksikasi va 
frazeologiyasining semantik-stilistik xususiyatlari, gazeta nutqi, gazeta sarlavhalari, 
gazeta materiallari asosida leksik dubletlar, leksik va sintaktik variantlar, gazeta tili 
statistikasi, gazeta tilining publisistik uslubdagi orni, janrlari, gazeta tili gram-
matikasi, «Turkiston viloyatining gazeti»ning ayrim sintaktik xususiyatlari, XX 
asrning birinchi yarmi vaqtli matbuoti materiallaridan olingan boy faktlar asosida 
qadimgi turkiy sozlar, ozlashgan leksik qatlam, polisemiya, kalka masalasi, gazeta 
tili va adabiy me’yor masalalari organilgan muhim tadqiqotlar mavjud. 
Publisistik uslubda gazeta tilining oziga xos orni va xususiyatlari bor. Gazeta tiliga 


xos belgilar sifatida K.Yusupov, A.Boboyeva, A.Abdusaidov quyidagilarni 
korsatishgan: 1. Gazeta tili yozma adabiy tildir. U oziga xos lingvistik belgilarga ega. 
2. Gazetada barcha vazifaviy uslublarga oid materiallar bosiladi. Ayrim 
materiallarda ular qorishiq holda keladi. Bu gazeta tilining oziga xos ususiyatlaridan 
hisoblanadi. Boshqa vazifaviy uslublarga doir materiallar (m., she’r, hikoya, badiiy 
asardan parchalar, farmon, qaror kabilar), agar gazeta materiallariga 
singdirilmagan bolsa, oz uslublari doirasida organilishi lozim, ya’ni u gazeta tiliga 
aloqador bolmaydi. 3. Gazeta materiallari uslubi va ifodasi jihatidan farqlanadi. 
Xabar, bosh maqola, korrespondensiya, hisobot, sharh kabilar sof adabiy tilda 
yozilsa, lavha, ocherk, ochiq xat, reportaj, tanqidiy maqola, felyeton kabilarda 
badiiy uslubga xos elementlardan keng foydalaniladi. Bu janrlarda ba’zan oz orni 
bilan sheva elementlari ham ishlatiladi. 4. Gazeta tili badiiy, sozlashuv uslublari 
tiliga yaqin turadi, ilmiy, rasmiy uslublar tilidan farq qiladi. 5. Gazeta tili uchun 
standart (andoza) va shtamp (qolip)lardan foydalanish xarakterlidir.6. Gazeta 
tilining oziga xos xususiyati uning informativlik (axborot berish), tashkilotchilik, 
targibot va ta’sirchanlik kabi vazifalaridan kelib chiqadi. Til vositalaridan 
foydalanishda gazeta tiliga xos ana shu xususiyatlar hisobga olinadi. 7. Gazeta tilida 
ekspressivlik oziga xos tarzda ifodalanadi. Ta’sirchanlikni ta’minlashda ommaviylik, 
obrazlilik, emotsionallik va ekspressivlik, aniqlik va konkretlik, ixchamlik, munoza-
ralilik kabilar alohida e’tiborga olinadi. 8. Gazeta janrlarida tilning imkoniyatlaridan 
foydalanish holati bir-biridan farq qiladi. Axborot, tahliliy va badiiy-publisistik 
janrlarda lugaviy, frazeologik, grammatik vositalarning ekspressiv-uslubiy 
imkoniyatlaridan foydalanish oxshash va farqli tomonlarga ega. Til vositalarining 
uslubiy xususiyatlaridan foydalanishda turli usullar ishlatiladi. 9. Gazeta tilida 
adabiy tilning imloviy, lugaviy, grammatik, punktuasion va uslubiy normalariga 
qat’iy amal qilinadi. Adabiy normadan chetga chiqishlar (ma’lum uslubiy maqsad 
uchun) lavha, ocherk, tanqidiy maqola, felyetonlar tilida uchraydi. Badiiy uslubda 
umumiy normaga rioya qilinsa, gazeta tilida adabiy norma doirasida ish koriladi. 10. 


Gazeta tili adabiy tilning, xususan uning leksikasining boyishiga hissa 
qoshadi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-maishiy turmush bilan bogliq 
ozgarishlar dastlab gazetada aks etadi. Natijada yangi paydo bolgan yoki boshqa 
tillardan kirib kelgan sozlar gazeta orqali keng iste’molga kiradi. Gazeta lugaviy 
birliklar, ayniqsa, terminlarni ishlatishda «ijodiy laboratoriya» vazifasini otaydi. 11. 
Gazeta davr bilan hamohang, jurnalistlarning mahorati tufayli neologizmlar va 
okkazionalizmlar kop ishlatiladigan yozma manbadir. Tilimiz leksikasidagi 
ozgarishlarni aks ettirishda gazeta tili badiiy uslubga qaraganda katta 
imkoniyatlarga ega. 12. Gazeta tili yozma adabiy til sifatida ma’lum qonun-qoidaga, 
normaga boysunganligi va amaldagi imlo qoidalariga asoslanganligi uchun ham 
yuqori savodxonlikni korsatuvchi manba hisoblanadi. Gazeta tili yozma adabiy 
tildir. U oziga xos lingvistik belgilarga ega. 2. Gazetada barcha vazifaviy uslublarga 
oid materiallar bosiladi. Ayrim materiallarda ular qorishiq holda keladi. Bu gazeta 
tilining oziga xos ususiyatlaridan hisoblanadi. Boshqa vazifaviy uslublarga doir 
materiallar (m., she’r, hikoya, badiiy asardan parchalar, farmon, qaror kabilar), agar 
gazeta materiallariga singdirilmagan bolsa, oz uslublari doirasida organilishi lozim, 
ya’ni u gazeta tiliga aloqador bolmaydi. 3. Gazeta materiallari uslubi va ifodasi 
jihatidan farqlanadi. Xabar, bosh maqola, korrespondensiya, hisobot, sharh kabilar 
sof adabiy tilda yozilsa, lavha, ocherk, ochiq xat, reportaj, tanqidiy maqola, felyeton 
kabilarda badiiy uslubga xos elementlardan keng foydalaniladi. Bu janrlarda ba’zan 
oz orni bilan sheva elementlari ham ishlatiladi. 



Yüklə 103,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin