Badiiy asar tahlili (ixtiyoriy).
Badiiy asar tahlili Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish
jarayonidagi nisbati haqida. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va
subyektiv jihatlar haqida. Kontekstual va immanent tahlil. Tahlil metodlari.
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo`llanilib, ular badiiy
asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog’liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish,
uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt
hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda “analiz” deb yuritiladigan istilohning sinonimi
sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma’lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga
ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan
aloqasi butunlikning yuzaga chiqishidagi o`rnini o`rganishni ko`zda tutadi. Ayrimlar
badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, “uni qismlarga ajratish jonsiz
tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas” degan qarashga tayanib, tahlilga qarshi
chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham –
o’qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o’qish tushuniladi. Bu xil
o’qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, uning badiiyat
hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o`quvchi ongi va ruhiyatiga ta’sir qilayotgan,
uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo`layotgan omillarni o`rganadi. Talqin
atamasini biz “interpretatsiya” istilohining sinonimi sifatida tushunamiz. Talqin
badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani
idrok etish demakdir. Keng ma’noda “talqin” so’zi o’zga tomonidan aytilgan gap
yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni
ma’lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi
tushunishning o`zigina emas, tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi
tushunishning o`zigina emas, tushuntirish hamdir) ma’nolarini anglatadi.
Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallari har
vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, “o`quvchi badiiy
asarni tushundi” degani, mohiyatan, “o`quvchi asarni o`zicha talqin qildi” deganidir.
Ayni paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, zero, oddiy
o`quvchi ham tushunish jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni,
personajlarni, ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap-so`zlarini va h.),
ularning o`zaro mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganimizdek,
konkret badiiy asar turli o`quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi mumkin. Biroq
shunisi ham aniqki, o`quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan
mushtarak nuqtalar ham mavjud. Demak, konkret asar talqinlari nechog`li turfa
bo`lmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi muayyan asos, deylik, yadro
(javhar) mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida hosil bo’ladi. Bu yadro esa –
badiiy asarning o`zi, badiiyat hodisasini o’zida moddiylashtirgan badiiy matndir.
Ayon bo`ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyektiv va subyektiv ibtidolardan
tarkib topar ekan: agar bu o`rinda talqin qilayotgan shaxsni subyektiv ibtido deb
olsak, badiiy matn obyektiv ibtidodir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar
talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni yetarli darajada bilmasa, asar qismlarini,
ularning o`zaro aloqalarini yetarli tasavvur qilolmasa, uning talqini subyektivlik kasb
etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obrazning
esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligini e’tiborga olsak, talqinning subyektsiz
mavjud emasligi ayon haqiqatdir. Chunki ijodkorning assotsiativ fikrlashi mahsuli
o’laroq yaratilgan va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat
subyekt ongidagina (ya’ni, uning ham assotsiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi
mumkin bo`ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va talqin har vaqt
hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy o`quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy
asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani
uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma’noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida
o`qish
va
uqish
demakdir.
Yuqoridagilardan ma’lum bo`ladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi – asarni
tushunish (asarni baholash ikkilamchi maqsad). Xo`sh, “asarni tushunish” deganda
nima nazarda tutiladi? Bu masalada ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud:
ayrimlar asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda
tutsalar, boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (obyektiv ibtidodan) kelib
chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning birinchisiga
ko`ra tushunish jarayonida tahlil yetakchilik qilsa, ikkinchisida talqinning mavqei
ustunroq ekanligi tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki va tashqi aloqalarini
birlikda olib o`rganishni (kontekstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga
alohida mavjudlik sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o’rganish (immanent tahlil)
bilan cheklanadi. Biroq mazkur qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib
bo`lmaydi, bu o`rinda “oraliq” mavqening egallangani, har ikki yo`sindagi tahlilning
ham mavjudligini, ularning bir-biridan ko`zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan
farqli ekanligini tan olingani to`g`riroq bo’ladi. Tushunish jarayonining nazariy
muammolarini o’rganuvchi soha – germenevtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni
butun, butunni qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil
yo’sinlarining ikkisiga ham birdek aloqador.Faqat bu o`rinda immanent tahlil
“kontekst” tushunchasini asar doirasi bilan cheklab olsa, kontekstual tahlilda
“kontekst” tushunchasining ko`lami kengayib boradi (konkret asar “yozuvchi
biografiyasi”, “muallif yashagan davr shart-sharoitlari”, “muallifning ijodiy merosi”,
“asar yaratilgan davr adabiyoti”, “milliy adabiy an’analar” kabi kontekstlar doirasiga
kiradi). Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni
tushunishga yo`l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta,
undagi muallif obraziga) tayangan holda o`quvchiga o’z mazmunini shakllantirish
imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli o`laroq, oddiy o`quvchilarning asarni
tushunishida immanent tahlil unsurlari yetakchilik qiladi (shu bois ham o’quvchilar
ongida konkret asarning turfa talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o`quvchilar uchun
konkret asarning qay maqsadda, qanday omillar ta’sirida yozilgani ahamiyatsiz- ular
asarning o`zinigina taniydilar,uning o`zidangina zavq oladilar. Aksincha,
adabiyotshunos uchun bularning bari muhim, chunki asarni tarixiylik tamoyiliga
tayanib, biografik yoxud sotsiologik metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib
chiqarilgan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga ham
bilvosita ta’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita ta’sir qilishga
urinishning esa adabiyotga ziyon keltirishi ehtimoli ko`proq. Buni qanday
tushunmoq kerak? Gap shundaki, o`zining ijtimoiy hayoti davomida badiiy asar turli
talqinlarga duch keladi, zero, har bir konkret davr uning mazmun qatlamlaridan
birini aktuallashtiradi. Ikkinchi tomondan, kitobxonlardagi ijodiy o’qish
imkoniyatlari turlicha, shunday ekan, kitobxonlar ichida chinakam badiiy asarning
hali hech kim e’tibor qilmagan mazmun qirralarini ochishga, uning hali hech kim
ilg’amagan voqelik bilan aloqalarini ko`rishga qobillari har vaqt bo`ladi. Agar
biografik yoki boshqa xil metodlarga tayanib amalga oshirilgan talqinni yagona, eng
to`g`risi deb bilib, shu talqinni barcha o`quvchilarga singdirmoqchi bo`lsak, bu bilan
ijodiy o`qish imkoniyatlarini cheklagan, badiiy didga jiddiy zarar yetkazgan bo`lib
chiqamiz. Masalan, aksariyat kishilarda sho`ro davrida yozilgan asarlarning o`sha
davrda amalga oshirilgan talqinlari o`rinlashib qolgan. Bu esa davr adabiyoti haqida
muayyan tasavvur, munosabatga asos bo`ladiki, yuqoridagi mulohazalardan kelib
chiqilsa, ularni ilmiy jihatdan to`g`ri deb bo`lmaydi. Demak, talqinlar yangilanishi
zarur. Zero, adabiyotshunosning vazifasi ham mavjud talqinlarni bilish emas, balki
ularga tayangan (ularga ba’zan qo`shilib, ba’zan inkor etib) holda asarni bugungi
kun nuqtayi nazaridan talqin qilish va baholashdir. Xulosa qilib aytsak, badiiy asarni
alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida ham tushunish (tahlil va talqin
qilish) mumkin, faqat har ikkisining ham o`z o`rni, vazifasi va maqsadi tayinli
ekanligini unutmaslik darkor. Badiiy asarni kontekstual tahlil qilishda unga turli
jihatlardan yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil metodlari haqida
gapirish mumkin bo`ladi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did
tarbiyasiga ham bilvosita ta’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita
ta’sir qilishga urinishning esa adabiyotga ziyon keltirishi ehtimoli ko`proq. Buni
qanday tushunmoq kerak? Gap shundaki, o`zining ijtimoiy hayoti davomida badiiy
asar turli talqinlarga duch keladi, zero, har bir konkret davr uning mazmun
qatlamlaridan birini aktuallashtiradi. Ikkinchi tomondan, kitobxonlardagi ijodiy
o’qish imkoniyatlari turlicha, shunday ekan, kitobxonlar ichida chinakam badiiy
asarning hali hech kim e’tibor qilmagan mazmun qirralarini ochishga, uning hali
hech kim ilg’amagan voqelik bilan aloqalarini ko`rishga qobillari har vaqt bo`ladi.
Agar biografik yoki boshqa xil metodlarga tayanib amalga oshirilgan talqinni
yagona, eng to`g`risi deb bilib, shu talqinni barcha o`quvchilarga singdirmoqchi
bo`lsak, bu bilan ijodiy o`qish imkoniyatlarini cheklagan, badiiy didga jiddiy zarar
yetkazgan bo`lib chiqamiz. Masalan, aksariyat kishilarda sho`ro davrida yozilgan
asarlarning o`sha davrda amalga oshirilgan talqinlari o`rinlashib qolgan. Bu esa davr
adabiyoti haqida muayyan tasavvur, munosabatga asos bo`ladiki, yuqoridagi
mulohazalardan kelib chiqilsa, ularni ilmiy jihatdan to`g`ri deb bo`lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |