yetishgan. Ahmad ibn Ahmad Rifo‘iy rahmatullohi alayhi hijriy 578 sanada vafot etgan. 2.Shoziliya tariqati. Bu tariqat Abul Hasan Shoziliy rahmatullohi alayhiga nisbat berilgan. U kishi hijriy 593 sanada tug‘ilib, hijriy 656 sanada vafot topgan. Abul Hasan Shoziliy rahmatullohi alayhi olim, obid, zohid va va mashxur so‘fiylardan bo‘lgan. U kishi Tunis, Misr, Iroq va Makka shaharlariga ko‘p marotaba safar qilgan. Qohiraning Komiliya madrasasida qozi Iyozning “Shifo” kitobini, “Risolai Kushayriya”, “Al- Muxarrar al vajiyz”ni talabalarga o‘qitgan. U kishi uzlatni va maxrumlik hayotini o ‘ziga loyiq ko‘rmagan. Odamlarga aralashib, dunyo ne’matlaridan bahramand bo‘lib yashagan. 3. Qodiriya tariqati. Bu tariqat o ‘z muassisi Abu Muhammad Muxyiddin Abdul Qodir Jiyloniy rahmatullohi alayhining nomi bilan atalgan. Abdul Qodir Jiylony rahmatullohi alayhi hijriy 470 sanada Bag'dodda tavallud topib, hijriy 562 sanada o ‘sha yerda vafot etgan. U kishi mashhur faqih bo‘lib, ham shofe’iy, ham hanbaliy mazhabi bilan fatvo berar edi. 4. Mavlaviya tariqati. Mavlono Jaloliddin Rumiy rahmatullohi alayhiga nisbat berilgan bu tariqat Onado‘lida keng tarqalgan edi. Mavlono Jaloliddin Rumiy rahmatullohi alayhi hijriy 604 sanada tavallud topgan. U kishining nasabi ota tomondan Abu Bakr Siddiqqa, ona tarafdan Movarounnahrda hukm surgan Xorazmshohlar sulolasiga borib taqaladi. U kishi juda ko‘p safarlardan keyin Sulton Alouddin Saljuqiyning poytaxti K o‘niya shahrida uzoq vaqt yashab, o ‘sha yerda vafot etib dafn qilingan[4]. 5. Yassaviya tariqati. cademic Research, Uzbekistan Page 146
www.ares.uz