yo ‘llovchi ta’limot. Tasavvuf so‘zining o ‘zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va tahminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e ’tirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf’ - "jun", "po‘stin" so‘zidan olingan bo‘lishi kerak, zero qadimdan tarki dunyo qilgan zohidlar jundan to‘qilgan kiyim yoki po‘stin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli dunyolardan farqli hayot tarzini o ‘zlarida namoyon etganlar, deydi[2]. Tasavvuf va "so‘fiy" so‘zlari IX asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim So‘fiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama o ‘rnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi so‘zlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga ko‘ra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuyg'ular mujassam bo‘lgan. Lekin hijratning II asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning k o ‘pchiligida mazkur xususiyatlar o ‘rnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo bo‘la boshlagandan keyin obidlik va zohidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar tasavvuf va so‘fiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turlicha talqin qilingan. Masalan: Ma’ruf al Karxiy (815 y.v.e.) fikricha, "tasavvuf - haqiqat sari intilish, odamlardan ta’magirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnuni Misriy (859 y.v.e.), "So‘fiy boylik istab o‘zini charchatmas va yo‘qotgan boyligiga achinib, bezovta bo‘lmas", desa, Junayd al Bag'dodiy (909 y.v.e.) "tasavvuf - qalbni sof tutmoq, tug'ma zaiflik va noxush axloqlardan forig' bo‘lib, hayvoniy va nafsoniy tuyg'ular ustidan g'alaba qilmoq", deb ta’rif bergan. Yana u "tasavvuf bir uy bo‘lsa,