arabcha “toriyq” - “y o ‘l” so‘zidan olingan bo‘lib, ham moddiy, ham ma’naviy yo ‘lni ifoda etadi. NATIJALAR Har bir tariqatning ustozi o‘z shogirdlari tomonidan “shayx” deb e ’tirof qilinadi. Har bir shayx o ‘z tariqatining Qur’on va sunnatga muvofiq ekanini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o ‘zlaridan olinganini isbotlashi kerak edi. Buning uchun har bir shayx o ‘z ustozining va ustozining ustozini ruxsatlarini isbotlab, silsilasini Rasululloh solallohu alayhi vasallamga bog'lashga harakat qilardi. Bu ma’noda ahli tasavvufning silsilasi huddi muhaddislarning sanadiga va faqihlarning cademic Research, Uzbekistan Page 145
www.ares.uz
cademic Research in Educational Sciences \ Vol. 1 No. 2, 2020 ISSN 2181-1385 mazhabiga o ‘xshab ketardi. Albatta, har bir tariqatning asli Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga borib taqaladi. Shu sababli uning tomirlari uzun hisoblanadi. Ammo ma’lum shayx nomi bilan mashhur bo‘lgan katta tariqatlarning aksari hijriy V va VI asrlarga to‘g'ri keladi. Bundan esa aynan o‘sha asrlarda tasavvuf o ‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishganini bilish mumkin. Quyida shu davrlarda paydo bo‘lgan va taraqqiy etgan tariqatlarga misollar keltiriladi. 1.Rifo‘iya tariqati. Bu tariqat o ‘z asoschisi Ahmad ibn Ahmad Rifo‘iy rahmatullohi alayhning nomi bilan atalgan. U kishi Iroqda Basra bilan Vosit orasidagi Ummu Ubayda qishlog‘ida hijriy 512 sanada tavallud topgan. Yoshligida otasidan erta yetim qolib, tog‘asining tarbiyasini olgan. Avval Shofe’iy mazhabi bo‘yicha fiqhni o‘rgangan. Tog'asidan tassavvuf bo‘yicha ta’lim olib, keyinchalik uning o ‘rniga tariqat shayxi bo‘lib