ataladi. Bundan k o ‘rinib turibdiki, teniarinxoz bilan asosan odamlar, sistitserkoz
bilan esa qoramollar kasallanadi.
Teniarinxoz yer yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika,
Avstraliya va Osiyoning ayrim mamlakatlarida odamlar bu kasallik bilan k o ‘proq
kasallanadi. M D H da teniarinxoz Kavkaz ortida, O 'rta Osiyo respublikalarida,
Q o zo g ‘istonda, Rossiyaning shimoliy viloyatlarida k o ‘proq uchraydi. O'zbekiston-
da bu kasallik, ayniqsa, Xorazm viloyati aholisi o ‘rtasida keng tarqalgan (13%).
Buning asosiy sababi mahalliy aholi o ‘rtasida milliy taom - mol g o ‘shti qiymasidan
tayyorlangan “ijjan”ning (piyoz va garmdori q o ‘shilgan xom qiyma mol g o ‘shtining)
keng iste’mol qilinishidir.
Sistitserkoz kasalligi qoramollarda uchrab, chorvachilikka katta iqtisodiy zarar
keltiradi. Chunki sistitserkoz bilan zararlangan g o ‘shtning narxi past b o ia d i. B un
day go 'sh t faqat zararsizlantirilgandan keyingina iste’mol qilishga ruxsat etiladi.
A garda mol sistitserkoz bilan kuchli zararlangan b o ‘lsa, uning g o ‘shti iste’mol qi
lishga yaroqsiz hisoblanadi. Bunday m ollam ing bir qismi kasallik boshlanishi dav
rida halok boTadi.
Qoramollarning sistitserkoz bilan kasallanishi, ayniqsa, xonadonlarda boqiladi-
gan shaxsiy moilarda k o ‘proq uchraydi. Chunki b a ’zi xonadonlarda hojatxonalar-
ning yo'qligi, agarda b o ‘lsa ham sanitariya qoidalariga javob bermasligidandir.
U m um an, odamlardagi teniarinxoz va qoramollardagi sistiserkoz kasalliklari-
ning oldini olish uchun, avvalo, odamlardagi teniarinxoz kasalligini tugatish kerak.
Buning uchun aholi o'rtasida vaqti-vaqti bilan ommaviy tekshirishlar olib borish,
kasallikning bor-yo‘qligini aniqlash lozim. Bemorlarni tezda davolash kerak. Te
niarinxoz bilan kasallangan odam lami fenasal, oshqovoq urug'ini berib davola-
shadi. Kasallik odamlardan qoramollarga yuqmasligi uchun aholi yashaydigan joy-
larda yopiq tipdagi hojatxonalar boTishi va ular toza holda saqlanishi lozim. Q o
ramol g o ‘shti veterinariya nazoratidan o ‘tkazilishi kerak. X om yoki chala pishgan
qoramol g o ‘shtini yemaslik, xom qiymani tatib k o ‘rmaslik kerak. Qoramollarda
finnozni davolash uchun prazikvantel q o ‘llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: