G E LM IN T O ZL A R G A
TASHXIS QO YISH
Qishloq x o ‘jalik hamda m o ‘ynali hayvonlarni gelmintozlardan davolash yoki
ularning oldini olish uchun kasallikka o 'z vaqtida aniq tashxis qo'yish kerak.
Gelmintozlarga hayvonning tirik davrida tashxis q o ‘yish.
Tirik hayvonning
gelmintoz kasalliklarida uning klinik belgilarini kuzatish,
maxsus laboratoriya va
immunologik tekshirishlarga asoslangan holaa tashxis qo'yiladi.
Klinik belgilarni kuzatish.
Kasallikning xarakterli va sezilarli belgilari —
markaziy nerv sistcmasi faoliyatining buzilishi (senurozda), teridan qon ketishi (se
ta riozda), konyunktivit va keratit (telyaziozda) kabi belgilardan iborat Ko'pchilik
gelmintozlarda kasallikning ko'zga ko'rinarli klinik belgilari boTmaydi, tez-tez
uchraydigan va kam xarakterli belgilar bilan chegaralanadi. U ham bo'lsa, ovqat
hazm qilish organlari
faoliyatining buzilishi, oriqlashi. yosh mollam ing o'sishidan
orqada qolishi, kunda)ik o'sishning pasayishi, sog'iladigan sut va boshqa mahsulo-
tining kamayishi bilan ifodalanadi. Shutting uchun ham maxsus klinik kuzatishlar
gelmintoz kasalliklarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega emas.
Shunga qaramas-
d a n ,ju d a k o 'p hayvonlarning ichi ketishi, mahsuldorligining kamayishi gelmintoz
kasalliklaridan darak berishi mumkin, lekin bu belgilar aniq tashxis q o 'vishga im-
kon bermaydi.
Dostları ilə paylaş: