9
maqsadga muvofiq aks ettirish tavsiya etiladi.
Kurs ishida bahs-munozarali,
muammoli masalalarga alohida o’rin
ajratish kerak. Bu boradagi vazifa
shundan
iboratki,
turli
mualliflarning u yoki bu iqtisodiy
kategoriya yoki iqtisodiy voqelik
xususidagi qarashlarini, ularning qay
tarzda asoslanayotganligini o’ylab
ko’rib, ishda to’g’ri aks ettirib, talaba bu boradagi o’z nuqtai-nazarini
bayon qilishi va asoslab berishi ayniqsa muhimdir. Bu maqsadlarda
vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalarni, ilmiy anjumanlarning
materiallarini, shuningdek, iqtisodchi olimlarning mavzuga taalluqli
ilmiy monografiyalarini o’rganib chiqish lozim bo’ladi.
Iqtisodiy mavzuda bajarilgan kurs ishi, agar unda tegishli
amaliy, statistik ma’lumotlar keltirilmasa va ularning tegishli
tartibdagi tahlili berilmasa, bunday ishlar ijobiy baholanmaydi,
chunki, iqtisodiy jarayonlarning o’zgarish qonuniyatlarini, o’sish
yoki sustlashish tendentsiyalarini, muayyan ko’rsatkichlarning
o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni faqat raqamlar orqali, ularni
solishtirish, baholash, monitoring va tahlil qilish orqali ko’rsatish
mumkin. Bu maqsadda statistik to’plamlar, iqtisodiy jurnallardagi
iqtisodiy jarayonlarning yillar va choraklar bo’yicha o’zgarishini
xususiyatlovchi statistik ko’rsatkichlardan, davlat organlarining
(masalan, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona
qo’mitasi, Moliya vazirligi G’aznachiligi, Nazorat-taftish Bosh
boshqarmasi
kabi)
rasmiy
Internet-saytlaridagi
rasmiy
ma’lumotlaridan foydalanish va ularni jadvallar, diagrammalar,
grafiklar, chizmalar tarzida jamlab, kurs ishida aks ettirish lozim.
Shuningdek, mavzuga mos ravishda alohida olingan moliya va soliq
organlari,
moliya-soliq-byudjet
nazorati
tashkilotlari,
davlat
boshqaruvi idoralari va byudjet tashkilotlari va muassasalarining
hisobot ma’lumotlaridan foydalanib, o’rganilayotgan sohaning yoki
byudjet mexanizmining alohida bir dastak-vositasining mohiyatini,
uning harakatini, samaradorlik darajasini ochib berish mumkin. Bu
ma’lumotlarni so’nggi 2-3 yil bo’yicha keltirish maqsadga muvofiq.
Agar tanlangan mavzu nazariy xususiyatga ega bo’lsa, keltirilgan
raqamli ma’lumotlar nazariy xulosalarning ishonarli ko’rgazmasi va
isboti bo’lib xizmat qilishi shubhasiz.
Dostları ilə paylaş: