Исследование в XXI веке ноябрь, 2022 г 667 moliyaviy barqarorlik tahlili



Yüklə 46,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü46,01 Kb.
#183633
növüИсследование
1   2   3   4
Qiyomov Yusuf To‘xtasin o ‘g‘li


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
ноябрь
, 2022 
г
668 
miqdorini garov qiymatiga nisbati (LTV) 76–90 foiz oralig‘ida bo‘lgan ipoteka kreditlari 
jami ipoteka kreditlarda yuqori ulushni tashkil etmoqda. 2018-yildan 2021-yilgacha 
bo‘lgan davrda kredit to‘lovining daromadga nisbati 51 foizdan yuqori bo‘lgan ipoteka 
kreditlarining ulushi dinamikasida pasayish kuzatildi. Moliyaviy barqarorlik sharhi 8 
2022-yil I yarim yillik kreditlarining 60–70 foizini kredit to‘lovining daromadga nisbati 51 
foizdan yuqori bo‘lgan ipoteka kreditlari tashkil etmoqda. Qarz oluvchilarning ortiqcha 
qarz yukini cheklash maqsadida 2020-yilda Markaziy bank kredit to‘lovining daromadga 
nisbati 50 foizdan yuqori bo‘lgan jismoniy shaxslarga kreditlar berish cheklovini joriy etdi. 
Kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati 76–90 foiz oralig‘ida bo‘lgan ipoteka kreditlari 
ulushi taxminan 90 foizni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda tizimli ahamiyatga molik 
banklar uchun qo‘shimcha bufer qo‘llash zarurati yuzaga kelmoqda. Bazel qo‘mitasining 
uzoq muddatli iqtisodiy ta’sir yondashuviga (LEI) ko‘ra O‘zbekistonda birinchi darajali 
asosiy kapital (CET1) uchun o‘rnatilgan me’yor (8 foiz) uning eng maqbul ko‘rsatkichidan 
past darajada shakllangan. Shuningdek, bank tizimining konsentratsiya indeksi (HH 
indeksi)ga ko‘ra, O‘zbekistonda banklarning konsentratsiyalashuvi o‘rta darajada 
bo‘lmoqda. LEI hamda HH indeksi bo‘yicha tahlil natijalari O‘zbekistonning tizimli 
ahamiyatga molik banklari uchun birinchi darajali asosiy kapitalga nisbatan 2 foiz 
qo‘shimcha bufer o‘rnatishni taqozo etadi. Shuningdek, xalqaro amaliyotdan kelib chiqib 
kapitalga qo‘yilgan minimal talablar bilan bufer talablarini muvofiqlashtirish tizimli 
ahamiyatga molik banklar uchun bufer joriy qilishning muhim shartlaridan biri 
hisoblanadi. Makro stress-testning dastlabki natijalari bank tizimining barqaror ekanligini 
ko‘rsatdi. 2024-yil oxiriga kelib, asosiy va mo‘tadil ssenariylarda banklarning kapital 
yetarlilik darajasi minimal regulyativ kapital me’yoridan (13 foiz) yuqori bo‘lishini hamda 
turli xil shoklarga yaxshi bardosh bera olishini namoyon qilmoqda. Biroq, xatarli 
ssenariyda, ya’ni iqtisodiyotning keskin yomonlashuvi va valyuta kursining sezilarli 
darajada qadrsizlanishi holatida bank tizimi regulyativ kapitalning monandlilik 
koeffitsiyenti 13 foizlik me’yoriy chegaradan tushib ketish ehtimoli yuqoridir. Bunda 
sezilarli kredit yo‘qotishlar va riskka tortilgan aktivlarning o‘sishi banklarni regulyativ 
kapitalga nisbatan qo‘yilgan minimal talabni bajara olmaslikka sabab bo‘lishi mumkin. 
Shunga qaramay, bank kapitali yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan yo‘qotishlar 
jiddiy xavf tug‘dirmaydi va bank tizimi ushbu yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun yetarli 
himoyaga ega bo‘ladi.
Moliyaviy barqarorlik sharhi 2022-yil I yarim yillik I. Makromoliyaviy sharoitlar 
Xalqaro moliya tashkilotlari va markaziy banklar tomonidan moliyaviy tahlil va siyosatni 
ishlab chiqishda moliyaviy sharoitlar indeksi (Financial Conditions Index, FCI) muhim 
ma’lumot beruvchi makromoliyaviy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanib, mamlakatlar 
iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarni umumlashtirilgan moliyaviy barqarorlik holatini ifoda etadi 
(1-ilova). Joriy yilda rivojlangan davlatlarda kuzatilayotgan moliyaviy sharoitlarning 
qat’iylashishini aksiyalar bahosining tushishi, davlat obligatsiyalari daromadliligining 
oshishi va pul-kredit siyosati qat’iylashtirilib borilishining kutilayotganligi bilan izohlash 


Международный
научный
журнал

4 (100), 
Yüklə 46,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin