alohida sohalarida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solish va uni
amalga oshirishda asosiy qoida sifatida qo`llash uchun, uchinchidan esa
ba`zida moddiy-huquqiy manbalarni qo`llash bilan bog`liq qiyinchiliklar borligi
sabablidir.
2
Kollizion normalar faqatgina kelib chiqqan nizo ustidan qaysi davlat
qonunlaridan foydalanish kerakligi uchun yo`nalish ko`rsatadi, ammo qaysidir
ma’noda uning natijasiga tegishli bo`lmaydi.
Bundan tashqari, kollizion normalar izohlash va unga baho berish ham
asosiy prinsiplaridan bir hisoblanadi. Nega deganda, turli xil davlatlar
o`rtasida imzolangan shartnomalar ustidan vujudga kelgan nizolar qaysi
davlat qonunchiligi asosida ko`rib chiqilishi kerakligini bilish uchun, albatta,
kollizion normalarning xususiyatlarini birma-bir ko`zdan kechirish lozim
bo`ladi. Kollizion normaning tuzilishi o`z vazifasiga ko`ra moddiy-huquqiy
normalardan farq qiladi. Mazkur normalar ikki qismdan iborat bo`lib, uning
dastlabki qismi norma qo`llanishi kerak bo`lgan tegishli huquqiy munosabatlar
(mulkiy va nomulkiy shaxsiy oilaviy munosabatlar, shartnomaga asoslangan
yoki asoslanmagan munosabatlar) haqida gap yuritiladi. Ikkinchi qismida esa
muayyan munosabatga nisbatan qo`llanadigan huquq tizimini ko`rsatuvchi
bog`lovchi qismdan iboratdir.
Shuningdek, mazkur normalarni faqat hajmiga qarab turli xil davlatlar
uchun ishlatib bo`lmaydi, chunki roman-german va anglosakson huquq
oilalariga tegishli bo`lgan mamlakatlar o`rtasida biroz nomuvofiqlik vujudga
kelishi mumkin.
Bundan tashqari, kollizion normalar imperativ va dizpositiv hamda bir
tomonlama va ikki tomonlama turlarga ham bo`linadi. Imperativ normalar
majburiy xarakterdagi deb izohlasa, dizpositiv esa havola etuvchi hisoblanib,
kollizion normaning mazkur tarzga ega bo`lgan qismini o`zgacha qo`llash
to`g`risida taraflar bitim bo`yicha o`zlari kelishib olgan bo`lishlari mumkin.
Qisqacha qilib aytganda, kollizion normalar xalqaro xususiy huquqda
eng muhim mavzulardan biri hisoblanib, chet davlatlar o`rtasida kelib chiqqan
shartnomaviy nizolarga nisbatan qo`llashdan mayoq vazifasini o`taydi.
Bitimlarning kollizion masalalari ham aynan bitim turlariga va tomonlar
o`rtasida belgilangan nizolarga nisbatan tadbiq etiladi. Mazkur bitimlar
yozma, og`zaki bo`lishi bilan bir qatorda elektron bitimlar ham vujudga
kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: