133
Uslub:
Kichik guruhlarda ishlash, yakka tartibda ishlash.
Jihozlar:
lupalar, binokulyarlar,
pintsetlar, skalpellar,
entomologik
to’g’nog’ichlar, suv tomizg’ichlar, qaychilar,
buyum oynasi, vannachalar,
ko’rgazmali qurollar, tayyor preparatlar, tarqatma materiallar. Suvarak.
Mashg’ulotni bajarish:
1. Efir yordamida o’ldirilgan suvarak chap qo’lda qorin tomoni bilan pastga,
bosh qismini esa oldingi tomoniga qaratib ushlanadi, keyin tergit va sternitlarning
yon tomoniga o’zaro birlashgan joyini suvarak tanasining keyingi uchidan boshlab
oldingi ko’krakkacha ingichka qaychi bilan qirqiladi.
2. Yuqoridagi usulda suvarakning chap tomoni ham kesiladi.
Yon tomon
kesimlarining ko’krak qismida ko’ndalang kesik bilan tutashtiriladi.
3. Suvarak tug’nog’ichlar bilan bosh va qorin tomonidan vannachaga
joylashtiriladi. Pintset bilan tergitni oxirgi segmentidan ushlab bir oz ko’tariladi va
uni ushlab turgan muskullari, traxeyalari qaychi bilan qirqiladi.
4. Tergitni ajratib olib ichki yuzasini
yuqoriga qaratib vannachaga
to’g’nog’ichlar yordamida mustahkamlanadi va suvarakning ko’p kamerali yuragi
kuzatiladi.
5. Malpigi naychalari ichakdan ajratib olinib, buyum oynasiga qo’yiladi va
ustiga suv tomiziladi. U binokulyar orqali kuzatiladi.
6. Ovqat hazm qilish va jinsiy organlar
sistemasi ajratib olinib, uning
ortidagi qorin nerv zanjiri kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: