Jixozlar: mikroskop, buyum va qoplagich oynalar, fiksatsiya qilingan
suvarak yoki turli xildagi qo‘ngizlar, o‘tkir ingichka uchli kaychi, entomologik
to‘g‘nog‘ich. Suvarak yoki ipak qurtining ichki tuzilishini aks ettiruvchi ko‘rgazma
rasmlar.
Mashg’ulotni bajarish: Xasharotlarning ichki a’zolarini o‘rganish uchun fiksatsiya qilingan suvarak
yoki tut ipak kurtini parafinli vannachaga soling, elka tomonini tepaga qilib bosh
tomonidan va oxirgi qorin segmentidan to‘g‘nogich nina bilan qadang. Keyin uchli
o‘tkir kaychi yordamida elka tomonidan bosh tomonga qaratib teri qoplamini
kesing, astalik bilan teri qatlamini ikki tomonga ochib, terini to‘g‘nogichlar
yordamida maxkamlang.
Kurtning yuqoridagi qon tomiri - bel naychasini kul lupasi yordamida
kuzating. Nafas teshikchalariga birlashgan xar bir bo‘- g‘imdagi traxeya
naychalariga va ularning tarmoqlanishiga e’tibor bering. Ovqat xazm qilish a’zosi
bilan tanishish uchun uning o‘rta ichagini ikki yon tomonida joylashgan ipak
bezlaridan ajrating, o‘rta ichak ustida oq ipsimon ayirish a’zosi malыshgi
naychalarini ajratib, mikroskopning kichik ob’ktivi bilan kuzating.
Xasharotning jinsiy a’zolarini (tuxumdon yoki urug‘don) toping. Urta
ichakning boshlanish joyidagi ko‘r o‘simtalarni kuzating va ichakning ikkala yon
tomonidagi ipak bezining qanday joylashishi va uning qismlariga e’tibor bering.
Ovqat xazm qilish. ichak bezlari va jinsiy a’zolarini ajratib oling va ularning
ostidagi qorin nerv zanjirini qo‘l lupasi yordamida kuzating. Xasharotlarning ichki
anatomik tuzilishi bilan adabiyotlardan foydalangan xolda tanishib chiqing va
rasmini chizing.
2-ish. Ilmiy maqsad:Hasharotlarning ko`payishi va rivojlanishini o’rganish, Osiyo chiigirtkasi - Locuta migratoria xar
xil yoshdagi chigirtkalar, tut ipak qurti -
Bombyx pyup ning xar xil yoshdagi qurtlik, gumbaklik, kapalaklik va tuxumlik
davrlarini rivojlanishini o`rganish.