A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Zararli hashoratlar

Bukalar. 
Bukalar yashash joyiga qarab bir necha xil 
bo‘ladi. Jumladan oshqozon bukalari, teri osti bukalari va hakozo. Ikki qanotli 
hashoratlarning bunday lichinkalari parazitlik yo‘li bilan hayot kechiradi. 
Otlarning oshqozon bo‘kasi – Gastrophilus intestinalis
Voyaga etgan 
urg‘ochi bukalar tuxumlarini ot va eshaklarni oyoqlariga qo‘yadilar. Tuxumlaridan 
chiqqan lichinkalar kuchli qichish paydo qiladi. Otlar qichigan joylarini tishlari 
bilan qashlagan vaqtda og‘iz bo‘shlig‘iga o‘tib, qizilungach orqali oshqozoniga 
tushadi. Oshqozonda (9 oy davomida) bir necha marta tullab, o‘sadi. (1 mm.dan 20 
mm.gacha). taraqqiyotining keyingi bosqichida oshqozondan ichakka o‘tib, hayvon 
tezagi bilan tashqi muhitga tushadi. Tuproq va gunda g‘umbakka aylanadi. Bir 
oydan keyin g‘umbakdan qanotli hashorat paydo buladi. U bir oyga yaqin 


138 
yashaydi. Otlarning oshqozon bukalari tomonidan chaqiriladigan kasallik 
gastrofilyoz deyiladi. 
Teri osti bo’kalariHypodermatidae: - 
qoramol bo‘kasi Hypoderma bovis 
ning uzunligi 14 mm, tanasi qoramtir sarg‘ish tuklar bilan qoplangan. Urg‘ochi 
bukalar yozda asosan yirik shoxli hayvonlarning oyog‘idagi junlarga bir necha 
yuzta tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar teri ostiga yorib kirib asta– 
sekin hayvonlarning elka, miya kanaliga o‘tadi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
30-rasm.
Qoramol teri osti bo’kasi-giphodema bovisning tarqqiyoti. 
U joyda 2–3 oy parazitlik qiladi, so‘ngra teri ostiga qaytib chiqadi, ikki marta tulab 
terida shish hosil qiladi, terini teshib nafas oladi. So‘ngra teri ostidan tuproqqa 
tushib g‘umbakka aylanadi. G‘umbakdan 3–5 hafta ichida imago chiqadi. Imago 
atigi bir necha hafta yashaydi. Teri osti bukasi gipadermatoz kasalligini 
qo‘zg‘atadi, bu kasallikdan hayvonlarning mahsuldorligi, terini sifati pasayib 
ketadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin