145
32 - Amaliy mashg’ulot
. Xelitseralilar (Chelicerata) kenja tipi.
O’rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi. Vakillar: chayon, falanga, o’rgimchak yoki
kananing tashqi va ichki tuzilishi.
Butli o’rgimchak va qoraqurtning sistematik o’rni
Tip:
Bo’g’imoyoqlilar-Arthropoda
Kenja tip:
Xelitseralilar-Chelicerata
Sinf:
O’rgimchaksimonlar-Arachnida
Turkum:
O’rgimchaklar-Aranei
Vakillari:
Butli o’rgimchak-
Araneus diadematus
Qoraqurt-
Lathrodectus tredecimguttatus
Xeliseralilarning tanasi odatda boshko’krak va qorindan iborat. Boshko’krak
bosh va ko’krak qismlarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Unda 6 juft, ba’zan 7
juft oyoqlar joylashgan. Qorin bo’limida oyoqlar o’zgarib ketgan,
yoki butunlay
rivojlanmagan.
Antenula va bosh qism (akron)ning yo’qligi
bilan xeliseralilar boshqa
bo’g’imoyoqlilardan farq qiladi.
Boshko’krakning birinchi juftoyoqlari oziqni maydalash va ezish vazifasini
bajaradigan xeliseraga, ikkinchi jufti esa sezish ba’zan tutish vazifasini bajaradigan
pedipalpalarga aylangan. Xeliseralilar 70000 dan ziyod turlarni o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: